Yusupova Nigora
“Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi mudiri, professor, yuridik fanlar doktori
Biografiya
Yusupova Nigora Jaloliddin qizi 05-iyul 1973-yil Farg’ona viloyatining Marg’ilon shahrida ziyoli oilasida tug’ilgan. 1990-yili Marg’ilon shahridagi 14-o’rta maktabni oltin medalga tamomlagan. 1995 yil TDSHI.ni sharqshunos-filolog, arab tili o’qituvchisi mutaxassisligi bo’yicha imtiyozli diplomga tamomladi.
N.Yusupova 1995-2001-yillarda Farg’ona Davlat universiteti “Sharq tillari” kafedrasida faoliyat olib bordi, 2001-2004-yillarda Toshkent islom universiteti kunduzgi bo’lim aspiranturasida 24.00.03-Islom huquqshunosligi ixtisosligi bo’yicha taxsil oldi.
N.Yusupova 2006-yildan 24.00.03 – Islom huquqshunosligi ixtisosligi bo’yicha “Islomda ayol huquqlarini o’rganishning nazariy-tadbiqiy jihatlari” mavzuidagi nomzodlik dissertatsiyasini yoqlab fan nomzodi ilmiy darajasiga hamda 2008-yildan dostent ilmiy unvoniga ega bo’lgan.
2019-yildan 12.00.01 – “Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi” ixtisosligi bo’yicha “Islom oila huquqi: paydo bo’lishi, rivojlanishi, manbalari va institutlari” mavzusidagi doktorlik (DSc) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Uning tanlagan mavzusi bo’yicha respublikaning nufuzli ilmiy jurnallarida qator ilmiy maqolalari nashr qilindi, ilmiy-amaliy konferenstiyalarda, qator korxona va tashkilotlarda, otinoyilar o’rtasida, mahalla fuqarolar yig’inlari, maktab, akademik listey, kollejlarda ma’ruzalar qilib kelinmoqda. Jumladan, joylarda “Oilaning jamiyatda tutgan o’rni”, “Oila davlat va jamiyat muhofazasida” “Yoshlar va ayol-qizlar orasida ekstremistik g’oyalarning tarqalish sabablari, oldini olishning ma’naviy-huquqiy asoslari”, “Oilaning ma’naviy asoslari” mavzularida ma’ruzalar qilingan, “Barkamol avlod tarbiyasida qadriyatlar va oilaning o’rni”, “Oilada farzand tarbiyasida otalarning o’rni”, “Xujra ortidagi xiylalar” “Oiladagi ma’naviy qadriyatlar”, “Vatan tuyg’usi”, “E’tiqod” mavzularidagi ma’rifiy ko’rsatuvlarda suhbatlar olib borilgan,
N.Yusupova pedagogik faoliyati davomida talabalar va magistrantlarga Islom huquqiga oid fanlardan dars berish bilan birga shu sohada ilmiy izlanishlar olib borib, qator o’quv-uslubiy ishlar muallifi ham hisoblanadi. Shuningdek, OTMda ko’plab iqtidorli talabalarning ilmiy izlanishlariga rahbarlik qilib kelmoqda. Hozirgi kunda N.Yusupovaning rahbarligi ostida 20 dan ziyod iqtidorli talaba Imom al-Buxoriy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori.
N.Yusupova tajribali pedagog bo’lishi bilan bir qatorda O’zXIAning jamoat ishlarida ham faol ishtirok etadi. U “Ustoz shogird” tizimi bo’yicha o’zi ilmiy rahbarlik qilayotgan bakalavrlar, magistrlar, yosh tadqiqotchilarga yaqindan ilmiy maslahatlar berib keladi. Bundan tashqari u fakultet kafedralari yosh professor-o’qituvchilari va ilmiy tadqiqotchilariga muntazam o’zining ilmiy hamda pedagogik tajribalarini o’rgatib boradi.
N.J. Yusupova O’zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirligi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti JHBL-81-sonli “Mahallalardagi itimoiy muammoli ayollarni jamiyatga moslashtirish” mavzuidagi ilmiy-tadqiqot loyihasiga rahbarlik qilgan.
Bundan tashqari BMTning Aholishunoslik jamg’armasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Islomda gender tenglikning o’ziga hos tamoyillari” nomli xalqaro loyiha rahbari.
N.Yusupova 2022 yilning 23 may kuni dunyodagi etakchi 1000 talikka kirgan Turkiya Respublikasi Ankara universitetida “Islom huquqida oila va nikoh hamda gender tenglikni tushunish muammolari” mavzusida ma’ruza o’qidi.
Shuningdek, N.Yusupova 2023 yil 17 yanvar kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida Markaziy Osiyoda Evraziya Fondi tomonidan “Gender aspektlarni integrastiyalash hamda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash jarayonida inklyuziv muhitni yaratishda O’zbekistondagi Fuqarolik jamiyati tashkilotlarining o’rni” mavzusida o’tkazilgan forumda xalqaro ekspert sifatida ishtirok etib seminar-trening o’tkazdi.
Yusupova Nigora o’z pedagogik va ilmiy faoliyati bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini, davlatimiz rahbarining ma’naviy va diniy sohaga oid siyosatini to’g’ri tushunadi hamda hayotga tadbiq etishda bevosita qatnashmoqda. U o’z tashabbuskorligi va kasbiga fidoyiligi bilan jamoada hurmat qozongan.