Kirish
Yangiboev Adham Esanovich
O‘qituvchilarga qaytish O‘qituvchi profili

Yangiboev Adham Esanovich

Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish kafedrasi stajyor o‘qituvchisi

Biografiya

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi stajyor o‘qituvchisi Yangiboyev Adhambek Esanovich umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha 6 yillik ish tajribasiga ega.

Mehnat faoliyatini 2021-yilda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi manbalar xazinasi bo‘limi kichik ilmiy xodimi sifatida boshlagan. 2021-2025-yillar davomida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi manbalar xazinasi bo‘limi kichik ilmiy xodimi lavozimida ishlagan. 2021-2024-yillarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tayanch doktoranti. 2025-yildan buyon O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi stajyor o‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Shu kunga qadar A.Yangiboyev 20 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi bo‘lib, ular qatorida 1 ta monografiya, 1 ta kitob, 20 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar mavjud. Uning ishlari nafaqat O‘zbekiston, balki nufuzli xalqaro ilmiy jurnallar va to‘plamlarda ham chop etilgan. Ilmiy faoliyatida asosiy e’tibor Qur’onshunoslik, hadisshunoslik sohalaridagi tadqiqotlarga qaratilgan.

A.Yangiboyev pedagogik faoliyati davomida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, o‘qitish jarayoniga ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy etish, talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyati va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirgan. Uning darslari zamonaviy yondashuvlar va innovatsion metodlar asosida olib borilib, talabalarning nazariy bilimlari bilan bir qatorda, ularning amaliy tajribasini shakllantirishga qaratilgan.

Kontaktlar

O‘qituvchi ishlari

8 ish
Bu rubrikada hozircha ishlar yo‘q.