Kirish
Xodjayeva Mavluda Sobirovna
O‘qituvchilarga qaytish O‘qituvchi profili

Xodjayeva Mavluda Sobirovna

“Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi dotsenti,
texnika fanlari nomzodi, dotsent

Biografiya

Texnika fanlari nomzodi, dotsent Xodjayeva Mavluda Sabirovna umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha 49 yillik ish tajribasiga ega.

Mehnat faoliyatini 1977–1978 yy. - O‘rta Osiyo meditsina pediatriya instituti laboranti,

1978-1984 yy. - Toshkent davlat politexnika instituti talabasi

1978-1982 yy. - O‘zbekiston Respublikasi fanlar Akademiyasi mexanika instituti katta texnigi

1983-2003 yy. - O‘zbekiston Respublikasi fanlar Akademiyasi Kibernetika ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi texnigi, muhandisi, kichik ilmiy xodimi, ilmiy xodimi, katta ilmiy xodimi

1995-1997yy. - O‘zbekiston Respublikasi fanlar Akademiyasi Kibernetika ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi, Kibernetika instituti aspiranti.(sirtqi)

2002-2003 yy (o‘rindoshlik asosida assistent) sifatida Bank moliya akademiyasi, “Informatika va statistika” kafedrasida assistent lavozimida ishlagan.

2003-2006 yy. - Toshkent islom universiteti “Informatika va axborot texnologiyalari» kafedrasi dotsenti v.b.

2016-2017 yy. - Toshkent islom universiteti, «Informatika va axborot texnologiyalari» kafedrasi dotsenti

2017-2017 yy. - Toshkent islom universiteti, «Informatika va axborot texnologiyalari» kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchisi

2017 y. - Toshkent islom universiteti, «Informatika va axborot texnologiyalari» kafedrasi mudiri

2018 – 2021yy. - O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, “Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi mudiri

2021y.-2026 x.d.- O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi dotsenti vazifasida faoliyat yuritmoqda.

Shu kunga qadar M.Xodjayeva 100 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi bo‘lib, ular qatorida 4 ta monografiya, 2 ta darslik, 6 ta o‘quv qo‘llanma, 80 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar mavjud. Uning ishlari nafaqat O‘zbekiston, balki nufuzli xalqaro ilmiy jurnallar va to‘plamlarda ham chop etilgan. Ilmiy faoliyatida asosiy e’tibor axborot texnologiyalari, boshqaruv, murakkab tizimlarni ognbvfk boshqarish, axborot xavfsizligi, muammolari, himoyalash usul va vositalari, sun ‘iy intellect tizimlari, modellari va ularni qo ‘llash kabi dolzarb muammolarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan.

M.Xodjayeva pedagogik faoliyati aynan 2003 yildan boshlangan bo‘lib, shu davr davomida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, o‘qitish jarayoniga ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy etish, talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyati va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirgan. Uning darslari zamonaviy yondashuvlar va innovatsion metodlar asosida olib borilib, talabalarning nazariy bilimlari bilan bir qatorda, ularning amaliy tajribasini shakllantirishga xamda takomillashtirishga qaratilgan.

Shu bilan birga, M.Xodjayeva ilmiy rahbar sifatida ham samarali faoliyat yuritib, uning rahbarligida bir qator magistrlik dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilingan.

Kontaktlar

Phone +998 94 628 44 62 Email m.xodjayeva@iiau.uz Кабинет 225 Qabul kunlari Seshanba-Chorshanba

O‘qituvchi ishlari

27 ish