Kirish
Xakimova Nigora Alisherovna
O‘qituvchilarga qaytish O‘qituvchi profili

Xakimova Nigora Alisherovna

Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o’rganish ICESCO kafedrasi dotsenti
islomshunoslik fanlari bo'yicha falsafa doktori

Biografiya

Islomshunoslik fanlari bo’yicha falsafa doktori, dotsent Xakimova Nigora Alisherovna umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha 20 yillik ish tajribasiga ega.

Mehnat faoliyatini 200–2007-yillarda Toshkent islom universiteti “Islom huquqi” kafedrasi kabinet mudiri sifatida boshlagan. 2007–2013-yillarda mazkur kafedrada o’qituvchi lavozimida ishlagan.

2013–2015-yillar davomida Toshkent islom universiteti IITM “Globallashuv sharoitida yoshlar ma'naviy kamolotining yuksaltirishda O‘rta Osiyo mutafakkirlari ilmiy merosining ahamiyati” nomli elektron uslubiy qo‘llanma tayyorlash I-2013-49 sonli Davlat innovasion loyihasi kichik ilmiy xodimi lavozimida, 2015–2016-yillarda esa Toshkent islom universiteti, Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi, Shariat va fiqh bo‘limi kichik ilmiy xodimi sifatida samarali faoliyat yuritgan. 2018–2021-yillarda - Hadichai Kubro ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurti mudarrisasi lavozimida ishlagan.

2018–2020-yillarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi islomshunoslik va islom sivilizasiyasini o‘rganish ISESCO kafedrasi tayanch doktoranti sifatida faoliyat olib brogan.

2021-yilda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi islomshunoslik va “Islom sivilizasiyasini o‘rganish ISESCO” kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida, 2025-yildan buyon O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining “Islomshunoslik va islom sivilizasiyasini o‘rganish ISESCO” kafedrasida dotsent lavozimida faoliyat olib bormoqda.

Shu kunga qadar I.Bekmirzayev 40 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi bo‘lib, ular qatorida 1 ta monografiya, 30 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar mavjud. Uning ishlari nafaqat O‘zbekiston, balki nufuzli xalqaro ilmiy jurnallar va to‘plamlarda ham chop etilgan. Ilmiy faoliyatida asosiy e’tibor islom huquqi metodologiyasi va qur’onshunoslik sohalaridagi dolzarb muammolarni o‘rganishga qaratilgan.

N.Xakimova pedagogik faoliyati davomida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, o‘qitish jarayoniga ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy etish, talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyati va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirgan. Uning darslari zamonaviy yondashuvlar va innovatsion metodlar asosida olib borilib, talabalarning nazariy bilimlari bilan bir qatorda, ularning amaliy tajribasini shakllantirishga qaratilgan.

Shu bilan birga, N.Xakimova qator xalqaro grantlar sohibi hisoblanadi, jumaladan Institute for Global Engagement tashkiloti va Oxford islomshunoslik markazi Chevening tadqiqotchisi grantlari shular jumlasidandir.

N.Xakimova ilmiy rahbar sifatida ham samarali faoliyat yuritib, uning rahbarligida bir qator magistrlik dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilingan.

Kontaktlar

O‘qituvchi ishlari

17 ish