Xakimov Azizxon Abrorovich
Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi katta o‘qituvchisi
Biografiya
“Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Xakimov Azizxon Asrorovich umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha 30 yillik ish tajribasiga ega.
Mehnat faoliyatini 1996-1997 yillarda Toshkent Davlat Sharqshunoslik Institutida xalqaro aloqalar bo‘limi xodimi lavozimidan boshlagan. 1997-1999 yillarda TDSHI aspiranturasida tahsil olgan. 1997-2000 yillarda TDSHI qoshidagi akademik litseyi o‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritgan.
1999-2000 yillarda “O‘zbekiston Havo Yo‘llari” milliy aviakompaniyasi xodimi bo‘lib ishlagan. 2000-2001 yillarda “Sahovat” muvofiqlashtirish markazining ekspertiza bo‘limi boshlig‘i bo‘lgan. 2001-2003 yillarda O‘zbekiston musulmonlari idorasining ta’lim bo‘limi xodimi lavozimida faoliyat yuritgan. 2003-2004 yillarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning ta’lim bo‘limi xodimi bo‘lib ishlagan. 2004-2012 yillarda O‘zbekiston musulmonlari idorasining xalqaro aloqalar bo‘limi xodimi lavozimida faoliyat yuritgan. 2012-2016 yillarda O‘zbekiston musulmonlari idorasi qoshidagi “Movarounnahr” nashriyoti xodimi bo‘lgan. 2020-2022 yillarda O‘zXIA qoshidagi “ZIYO-ZUKKO umumta'lim maktabi” arab tili o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritgan.
2022–2024-yillarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida mehnat qilgan.
2024 yildan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.
Shu kunga qadar A.Xakimov 50 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi bo‘lib, ular qatorida 1 ta darslik, 2 ta o‘quv qo‘llanma, 50 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar mavjud. Uning ishlari nafaqat O‘zbekiston, balki nufuzli xalqaro ilmiy jurnallar va to‘plamlarda ham chop etilgan. Ilmiy faoliyatida asosiy e’tibor lingvistik tahlil, islom tarixi va manbashunosligi va boshqa bir qator sohalardagi dolzarb muammolarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan.
A.Xakimov pedagogik faoliyati davomida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, o‘qitish jarayoniga ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy etish, talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyati va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirgan. Uning darslari zamonaviy yondashuvlar va innovatsion metodlar asosida olib borilib, talabalarning nazariy bilimlari bilan bir qatorda, ularning amaliy tajribasini shakllantirishga qaratilgan.
Shu bilan birga, A.Xakimov xalqaro ta’lim muassalarida malaka oshirgan. A.Xakimov ilmiy rahbar sifatida ham samarali faoliyat yuritib, uning rahbarligida bir qator bakalavr bitiruv malakaviy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilingan.