Xaitova Aziza Ro‘zimamatovna
XAITOVA AZIZA RO‘ZIMAMATOVNA
Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari kafedrasi katta oʻqituvchisi
Biografiya
MAʼLUMOTNOMA
XAITOVA AZIZA RO‘ZIMAMATOVNA
Katta o’qituvchi Xaitova Aziza Ro‘zimamatovna umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha 21 yillik ish tajribasiga ega.
2001–2005-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti bakalavriat bosqichida tahsil olib, oliy ta’limning asosiy dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan.
2007–2009-yillarda Buxoro davlat universiteti magistratura yo‘nalishida tahsil olib, sohaviy bilim va ko‘nikmalarini yanada takomillashtirgan.
2021 -2024 yil Islom Karimov Nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti tayanch doktorantura yo‘nalishida tahsil olib, sohaviy bilim va ko‘nikmalarini yanada takomillashtirgan.
Mehnat faoliyatini 2009 yilda Buxoro Iqtisodiyot va bank kollejining informatika asoslari fani katta o’qituvchisi lavozimida boshlab, 2011-yilgacha axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va texnik qo‘llab-quvvatlash ishlari bilan shug‘ullangan.
2012–2013-yillarda Buxoro Iqtisodiyot va bank kollejida Axborot kutubxona texnologiyalari bo’yicha yetakchi mutaxassis vazifalarini bajargan.
2014-2015 y Buxoro Iqtisodiyot va bank kollejida Axborot texnologiyalari fani katta o’qituvchisi vazifalarini bajargan.
2016–2017-yillarda ushbu bo‘limda 1-toifali lavozimida ishlab, dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish, axborot tizimlarini takomillashtirish hamda ularning uzluksiz faoliyatini ta’minlash bilan shug‘ullangan.
2017–2020-yillarda Toshkent shahar Shayxontohur tumani 42-А tarmoq maktabida matematika va informatika o’qituvchisi (1-toifa)
2020–2021-yillarda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti “Elektronika va avtomatika” fakulteti “Axborotlarga ishlov berish va boshqarish tizimlari” kafedrasi stajyor-tadqiqotchisi.
2021-2022 yildan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti “Elektronika va avtomatika” fakulteti “Axborotlarga ishlov berish va boshqarish tizimlari” kafedrasi assistenti.
2022-2024 y Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti “Elektronika va avtomatika” fakulteti “Axborotlarga ishlov berish va boshqarish tizimlari” kafedrasi tayanch doktoranti.
2025-2026 yillarda Xalqari Islomshunoslik akademiyasida ish faoliyatini boshladi.
Ilmiy-pedagogik faoliyati davomida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va zamonaviy ta’lim texnologiyalari yo‘nalishlarida samarali ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borgan. Muallif tomonidan respublika va xalqaro ilmiy nashrlarda chop etilgan 30 ga yaqin ilmiy maqola va tezislar nashr etilgan. Mazkur ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlarda axborot texnologiyalari, dasturiy ta’minot, raqamli ta’lim muhitlari, axborot xavfsizligi hamda innovatsion pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish masalalari yoritilgan. Uning ilmiy va uslubiy ishlari oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.