Valiyev Batir Nasirovich
“Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi dotsenti
falsafa fanlari nomzodi
Biografiya
Falsafa fanlari nomzodi, dotsent Valiyev Batir Nasirovich umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha 48 yillik ish tajribasiga ega.
Mehnat faoliyatini 1978 yili zavodda ishchi sifatida boshlagan. 1979-1981 yillarda muddatli harbiy xizmatda bo‘lgan. 1982-1987 yillarda Toshkent Davlat universiteti Falsafa-iqtisod fakulteti Falsafa bo‘limida o‘qib, “Faylasuf. Falsafa o‘qituvchisi” malakasini, 1995 yili sirtdan o‘qib ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha “Iqtisodchi. Iqtisodiyot nazariyasi o‘qituvchisi” malakasini olgan.
Ilmiy-pedagogik faoliyatini 1987 yili Toshkent Davlat Pedagogika institutida boshlagan. 1987-1992 yillar davomida ushbu institutning “Falsafa” kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ishlagan.
1992 yilda Toshkent davlat universiteti “Falsafa tarixi va mantiq” kafedrasiga o‘qituvchi lavozimiga ishga o‘tgan. 1993-2005 yillarda ushbu universitetning (hozirgi O‘zMUning) falsafa fakulteti “Falsafa” kafedrasida katta o‘qituvchi, dotsent lavozimlarida faoliyat olib borgan.
2005-2007 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida bo‘lim boshlig‘i, shuningdek bir paytda dotsent lavozimlarida faoliyatini davom ettirgan.
2007 yili Toshkent islom universiteti “Falsafa” kafedrasi mudiri lavozimiga ishga o‘tgan va 2017 yilgacha ilmiy-pedagogik hamda rahbarlik faoliyatini olib borgan.
2017-2019 yillarda O‘zbekiston Milliy universiteti “Falsafa va mantiq” kafedrasi dotsenti lavozimida mehnat qilgan. 2019 yilning dekabr oyidan boshlab, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasida, 2024 yil 06 sentyabrdan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining “Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasida dotsent lavozimida ilmiy-pedagogik faoliyatini davom ettirib kelmoqda.
2004 yili “Falsafa fanlari nomzodi” ilmiy darajasini, so‘ng “dotsent” ilmiy unvonini olgan. 39 yillik ilmiy-pedagogik faoliyati davomida ijtimoiy-falsafiy, g‘oyaviy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi 30 xildan ortiq umumnazariy, ixtisoslik hamda maxsus o‘quv kurslari bo‘yicha bakalavriat va magistratura talabalariga, aspirant(doktorant)-tadqiqotchilarga, siyosiy-g‘oyaviy va diniy-ma’rifiy sohada malakasini oshirayotgan tinglovchilarga ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlar va treninglar o‘tkazib kelmoqda. O‘z faoliyati davomida ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashda faol ishtirok etib kelgan. 50 dan ortiq bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlik qilgan. 9 ta fan nomzodi va falsafa doktori(Phd) dissertatsiyalariga rasmiy opponentlik qilgan.
B.Valiyev ilmiy faoliyati davomida Davlat grantlari asosida 8 ta ilmiy-tadqiqot loyihalarini bajarishda qatnashgan. Shu jumladan, 3ta loyihaga rahbar bo‘lgan. 90 dan ortiq ilmiy ishlari e’lon qilingan, shulardan 2 ta monografiya, 2 ta darslik, 12 ta qo‘llanma, 4 ta patent, 58 ta ilmiy va 14 ta o‘quv-uslubiy ishlaridir. Chop etilgan ishlaridan 28 tasi pedagogik amaliyotda foydalanilmoqda. Uning ishlari nafaqat O‘zbekiston, balki nufuzli xalqaro ilmiy jurnallar va to‘plamlarda ham chop etilgan. Ilmiy faoliyatida asosiy e’tibori - ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarning nazariy-metodologik tahliliga, falsafa, din falsafasi, din sotsiologiyasi va din psixologiyasining dolzarb muammolarini o‘rganishga, ilmiy natijalarini goyaviy-marifiy sohalardagi amaliy faoliyatga tatbiq etishga qaratilgan.