Kirish
Urazova Ra'no Tashpulatovna
O‘qituvchilarga qaytish O‘qituvchi profili

Urazova Ra'no Tashpulatovna

Biografiya


Ra’no Tashpulatovna Urazova 1968-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti - oliy. 1990-yili Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika institutini imtiyozli diplom bilan tamomlagan.  Ixtisosligi – tarix-huquq o‘qituvchisi. Ilmiy darajasi – tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Mehnat faoliyatini 1990-yildan Piskent tumanidagi 20-o‘rta maktabda tarix o‘qituvchisi vazifasidan boshlagan. 1990-yildan Ohangaron shahridagi 6-o‘rta maktabda tarix o‘qituvchisi, 1998- yildan Ohangaron tumanidagi 11-o‘rta maktabda tarix fani o‘qituvchisi, 2000 -yildan shu maktabning ilmiy bo‘lim mudiri, 2002-2006-yillarda Angren pedagogika kollejida tarix va huquq o‘qituvchisi, 2006-2014- yillardan Toshkent viloyat davlat pedagogika instituti tarix o‘qituvchisi, 2014-2017- yillarda Navoiy davlat konchilik instituti Olmaliq kon-metallurgiya fakultetida o‘qituvchi lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2017-2019-yillarda Islom Karimov nomidagi TDTU Olmali filialida katta o‘qituvchi lavozimida ishlagan.
Hozirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasida dotsent lavozimida ishlab kelmoqda.
R.T.Urazova uzoq yillik ilmiy-ijodiy ishlarining mahsuli sifatida  “Zardushtiylikda ma’budalarning funksiyalari va ijtimoiy-tarixiy mohiyati” mavzusidagi ilmiy dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya komissiyasi qaroriga ko‘ra  2017 -yil 28- dekabrda tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasiga ega bo‘ldi. 2022-yilda dotsent ilmiy unvonini olgan. Urazova Ra’no bir necha yillardan beri oliy ta’lim sohasida samarali mehnat qilib kelmoqda. Ilmiy-uslubiy ishlar muallifi bo‘lib, shundan 3 ta monografiya, 1ta darslik, 3 ta o‘quv qo‘llanma, 100 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari chop etilgan. Shundan, 10 ta xorijiy, 20 ga yaqin ilmiy maqolasi respublika ilmiy jurnallarida, 5 ta ilmiy maqolasi xorijiy impakt faktorga ega ilmiy jurnallarda chop etilgan. 50 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari bilan xalqaro hamda mahalliy ilmiy-amaliy konferensiyalarda qatnashgan.

2017-yilda chop etilgan buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniyning “Mineralogiya” asarining o‘zbek tiliga tarjimasini amalga oshirishda muharrirlar jamoasi tarkibida qatnashib, qadimiy manbaning kitobxonlarga taqdim etishda o‘zining munosib hissasini qo‘shdi.  2022-yilda hammualliflikda yaratilgan Avesta ensiklopediyasini tayyorlashda qatnashgan.

Mehnat faoliyati davomida yuksak salohiyatli pedagog olima, nazariy va amaliy tajribaga ega tashkilotchi sifatida namoyon etib kelmoqda.  O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda, talabalarda tarixiy bilimlar va huquqiy ongni rivojlantirish, yangi pedtexnologiyalardan foydalanib dars samaradorligini oshirish, ma’naviy yetuk, har tomonlama barkamol, jahon andozalariga mos keladigan mutaxassislar tayyorlash kabi muhim jarayonlarda faol ishtirok etib, yurtimizda yuksak intellektual salohiyatni yaratish hamda huquqiy demokratik davlat qurish yo‘nalishidagi davlat dasturlarini amalga oshirishga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

Ra’no Urazova pedagogik faoliyati bilan birga ma’naviy va ma’rifiy sohada ham samarali faoliyat olib bormoqda. Respublikaning barcha viloyatlarining muassasa va tashkilotlarida ilmiy va madaniy-ma’rifiy ma’ruzalar qilib, O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot Strategiyasi”ning mazmun mohiyatini ommaga targ‘ib qilib kelmoqda. 2019- yilda “Ma’naviyat va ma’rifat targ‘ibotchisi” ko‘krak nishoni sohibasi bo‘ldi.
Urazova Ra’no o‘z jamoasi orasida talabchan, o‘z sohasining bilimdoni, yaxshi maslahatgo‘y, mehnatsevar hamda tashabbuskor o‘qituvchi sifatida tanilgan. O‘ziga biriktirilgan guruh talabalarining yaqin maslahatchisi va g‘amxo‘r murabbiyi. U o‘ziga topshirilgan vazifani o‘z vaqtida va vijdonan bajaradi. Shu bilan birga kafedra va akademiya tomonidan o‘tkazilgan ma’naviy va ma’rifiy tadbirlarda faol qatnashib kelmoqda.

Oilali, uch nafar farzandi bor.

O‘qituvchi ishlari

35 ish
IBS jurnali №3 2023 Раъно УРАЗОВА (2)
IBS jurnali №3 2023 Раъно УРАЗОВА (2) Urazova Ra'no Tashpulatovna
0.00 UZ
R.Urazova ФарДУ 2023 (2)
R.Urazova ФарДУ 2023 (2) Urazova Ra'no Tashpulatovna
0.00 UZ
R.Urazova ФарДУ 2023
R.Urazova ФарДУ 2023 Urazova Ra'no Tashpulatovna
0.00 UZ
R.Urazova ФарДУ
R.Urazova ФарДУ Urazova Ra'no Tashpulatovna
0.00 UZ
R.Urazova қозоғистон мақола 2022
R.Urazova қозоғистон мақола 2022 Urazova Ra'no Tashpulatovna
0.00 UZ
R.Urazova қозоқ тезис 2022
R.Urazova қозоқ тезис 2022 Urazova Ra'no Tashpulatovna
0.00 UZ
ShVO 2021 №4 Urazova
ShVO 2021 №4 Urazova Urazova Ra'no Tashpulatovna
0.00 UZ
The Avesta Turkish Online СКОПУС
The Avesta Turkish Online СКОПУС Urazova Ra'no Tashpulatovna
0.00 UZ
To'plam-2021 (noyabr-bag'rikenglik) рес.тезис
To'plam-2021 (noyabr-bag'rikenglik) рес.тезис Urazova Ra'no Tashpulatovna
0.00 UZ
To'plam-2022 (bag'rikenglik) рес.кафедра
To'plam-2022 (bag'rikenglik) рес.кафедра Urazova Ra'no Tashpulatovna
0.00 UZ
To'plam-2023 (Diniy bag'rikenglik) рес.тўплам
To'plam-2023 (Diniy bag'rikenglik) рес.тўплам Urazova Ra'no Tashpulatovna
0.00 UZ
To'plam-2023 (Diniy bag'rikenglik)
To'plam-2023 (Diniy bag'rikenglik) Urazova Ra'no Tashpulatovna
0.00 UZ
Urazova R. тўплам 2023
Urazova R. тўплам 2023 Urazova Ra'no Tashpulatovna
0.00 UZ
Ўтмишга назар 2023 (2)
Ўтмишга назар 2023 (2) Urazova Ra'no Tashpulatovna
0.00 UZ
Берлин ОАК журнали 1
Берлин ОАК журнали 1 Urazova Ra'no Tashpulatovna
0.00 UZ
Вебонсайнс 2024 Уразова Р.
Вебонсайнс 2024 Уразова Р. Urazova Ra'no Tashpulatovna
0.00 UZ
Ислом зиёси 2024 декабрь
Ислом зиёси 2024 декабрь Urazova Ra'no Tashpulatovna
0.00 UZ
Монография 2021 27 май
Монография 2021 27 май Urazova Ra'no Tashpulatovna
0.00 UZ
Республика тезис 2025
Республика тезис 2025 Urazova Ra'no Tashpulatovna
0.00 UZ
ТДШУ МОХТ конф 2020 2 жилд Уразова рес тезис
ТДШУ МОХТ конф 2020 2 жилд Уразова рес тезис Urazova Ra'no Tashpulatovna
0.00 UZ
авеста слайд Р. Уразова 20.02.26
авеста слайд Р. Уразова 20.02.26 Urazova Ra'no Tashpulatovna
0.00 UZ
ислом зиёси 2023 (2)
ислом зиёси 2023 (2) Urazova Ra'no Tashpulatovna
0.00 UZ
ислом зиёси 2023 (3)
ислом зиёси 2023 (3) Urazova Ra'no Tashpulatovna
0.00 UZ
ислом тафак. ОАК 2024 Саудова Ж.
ислом тафак. ОАК 2024 Саудова Ж. Urazova Ra'no Tashpulatovna
0.00 UZ
рес.тезис 2023 йил кафедра
рес.тезис 2023 йил кафедра Urazova Ra'no Tashpulatovna
0.00 UZ
рес.тезис 2024 кафедра
рес.тезис 2024 кафедра Urazova Ra'no Tashpulatovna
0.00 UZ
тезис 2025 сентябр ИРСИКА
тезис 2025 сентябр ИРСИКА Urazova Ra'no Tashpulatovna
0.00 UZ
ўтмишга назар
ўтмишга назар Urazova Ra'no Tashpulatovna
0.00 UZ
Қозоқ конф.тезиси 2024, 86 бет
Қозоқ конф.тезиси 2024, 86 бет Urazova Ra'no Tashpulatovna
0.00 UZ
қозоғистон тезис
қозоғистон тезис Urazova Ra'no Tashpulatovna
0.00 UZ
Bu rubrikada hozircha ishlar yo‘q.