Ummataliyev Soxibjon XIkmatali o'gli
Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO kafedrasi katta o‘qituvchisi, tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori
Biografiya
Tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) Ummataliyev Soxibjon Xikmatali o‘g‘li umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha 8 yillik ish tajribaga ega.
Mehnat faoliyatini 2017-yilda Toshkent islom universiteti tarix kafedrasi laboranti sifatida boshlagan. 2017-2018 yillarda Toshkent islom universiteti manbalar xazinasi kichik ilmiy xodimi lavozimida ishlagan.
2018-2019 - yillar davomida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi manbalar xazinasi kichik ilmiy xodimi lavozimida, 2019-2020 - yillar davomida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi manbalar xazinasi tajriba orttiruvchi tadqiqotchisi sifatida mehnat qilgan. 2020-2022 - yillar davomida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida bir vaqtning o‘zida manbalar xazinasi kichik ilmiy xodimi va akdemiya doktoranti sifatida faoliyat yuritgan.
2023-2024 - yillar mobaynida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi manbalar xazinasi kichik ilmiy xodimi lavozimida ishlash bilan birga akademiya huzuridagi “Ziyo-zukko” nomli nodavlat ta’lim muassasasida arab tili o’qituvchisi lavozimlarida ishlagan.
2024-yildan buyon O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Shu kunga qadar S.Ummataliyev 50 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi bo‘lib, ular qatorida 2 ta monografiya, 1 ta o‘quv qo‘llanma, 40 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar mavjud. Uning ishlari nafaqat O‘zbekiston, balki nufuzli xalqaro ilmiy jurnallar va to‘plamlarda ham chop etilgan. Ilmiy faoliyatida asosiy e’tibor islom tarixi va manbashunosligi, hadis va tafsir ilmlariga oid klassik matnlarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan.
S.Ummataliyev pedagogik faoliyati davomida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, o‘qitish jarayoniga ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy etish, talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyati va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirgan. Uning darslari zamonaviy yondashuvlar va innovatsion metodlar asosida olib borilib, talabalarning nazariy bilimlari bilan bir qatorda, ularning amaliy tajribasini shakllantirishga qaratilgan.
S.Ummataliyev ilmiy rahbar sifatida ham samarali faoliyat yuritib, uning rahbarligida bir qator bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilingan.