Kirish
Umaraliyeva Dildora Taxirjanovna
O‘qituvchilarga qaytish O‘qituvchi profili

Umaraliyeva Dildora Taxirjanovna

O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi

Biografiya

Umaraliyeva Dildora Taxirjanovna 1985-yil dekabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2005–2009-yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida tahsil olib, ingliz lingvistikasi mutaxassisligi bo‘yicha bakalavr darajasini olgan. 2011-yilda esa O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti magistratura bosqichlarini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2010-yilda 261-umumta’lim maktabida ingliz tli o‘qituvchisi sifatida o‘z faoliyatini boshlagan. 2013-yilda Jahon iqtisodiyiti va diplomatiya universiteti “Igtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasida kabinet mudirasi lavozimida ishlagan. 2014-yildan buyon O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasida o‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. 2012-yilda “Iste’dod” jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan malaka oshirish kursida, 2014-yil esa, O‘zbekiston Milliy universiteti tomonidan tashkil etilgan malaka oshirish kurslarida o‘z iqtidorini oshirgan.

D.T.Umaraliyeva talabalarning til bilishini rivojlantirish, ta’lim jarayoniga yangi yondashuvlarni joriy etish va raqamli texnologiyalarga asoslangan ta’lim samaradorligini oshirish maqsadlari bilan ilmiy va pedagogik ishlar bilan doimiy ravishda shug‘ullanadi.

Shuningdek, D.T.Umaraliyeva Аkademiyada o‘quv-tarbiya ishlarini tashkil etish jarayonlarida yoshlarni yetuk mutaxassis va barkamol inson boʼlib shakllanishlari uchun doimiy ravishda izlanishlar olib bormoqda.

Kontaktlar

O‘qituvchi ishlari

1 ish
Bu rubrikada hozircha ishlar yo‘q.
Bu rubrikada hozircha ishlar yo‘q.