Kirish
Tuychiyeva N
O‘qituvchilarga qaytish O‘qituvchi profili

Tuychiyeva N

Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasi o‘rganish ICESCO kafedrasi dosenti
Nilufar Tuychiyeva Mahsutjanovna

Biografiya

Islomshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dosent Nilufar Tuychiyeva Mahsutjanovna umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha 18 yillik ish tajribasiga ega.

Mehnat faoliyatini 2009–2011-yillarda Toshkent islom universiteti Islomshunoslik kafedrasida aspirant sifatida boshlagan. 2012–2020-yillarda Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazida ilmiy xodim lavozimida ishladi.

2021-yilda tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD (Markaziy Osiyoda qalandariylik tariqatining o‘ziga xos jihatlari) ilmiy ishini himoya qildi.

2021-yil ICESCO kafedrasi stajyor o‘qituvchisi, 2022-yil ICESCO kafedrasi katta o‘qituvchi, 2025 yil O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO kafedrasi dosenti sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Shu kunga qadar N.Tuychiyeva 50 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi bo‘lib, ular qatorida 2 ta monografiya, 1 ta o‘quv qo‘llanma, 50 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar mavjud. Uning ishlari nafaqat O‘zbekiston, balki nufuzli xalqaro ilmiy jurnallar va to‘plamlarda ham chop etilgan. Ilmiy faoliyatida asosiy e’tibor iqtisodiy tahlil, islom iqtisodiyoti va moliyasi hamda turizm sohalaridagi dolzarb muammolarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan.

N.Tuychiyeva pedagogik faoliyati davomida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, o‘qitish jarayoniga ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy etish, talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyati va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirgan. Uning darslari zamonaviy yondashuvlar va innovatsion metodlar asosida olib borilib, talabalarning nazariy bilimlari bilan bir qatorda, ularning amaliy tajribasini shakllantirishga qaratilgan.

Shu bilan birga, N.Tuychiyeva xalqaro ta’lim va ilmiy loyihalar yo‘nalishida ham faoliyat yuritib, Erasmus dasturi doirasida mobil almanishuv dasturida ishtirok etgan. Xalqaro universitetlarning ilohiyot fakultetida malaka oshirgan. Shuningdek, u Respublika ilmiy loyihalarida ishtirokchi sifatida faol qatnashib, akademik mobillik, o‘quv dasturlarini modernizatsiya qilish va tajriba almashish platformalarini rivojlantirishga hissa qo‘shgan.

N.Tuychiyeva ilmiy rahbar sifatida ham samarali faoliyat yuritib, uning rahbarligida bir qator magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilingan.

Kontaktlar

O‘qituvchi ishlari

18 ish
Bu rubrikada hozircha ishlar yo‘q.