Tuxtanazarov Dilmurod Solijonovich
Tuxtanazarov Dilmurod Solijonovich
“Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi dotsenti PhD
Biografiya
PhD, dotsent Tuxtanazarov Dilmurod Solijonovich umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha 20 yillik ish tajribasiga ega.
Mehnat faoliyatini 2008–2012-yillarda Namangan muhandislik-pedagogika institutida assistant o‘qituvchi sifatida boshlagan.
2012-2017 yillarda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti xuzuridagi dasturiy maxsulotlar va apparat-dasturiy majmualar yaratish markazi kichik ilmiy xodimi lavozimlarida ishlagan.
2018-2020 yillarda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti kafedrasi katta o‘qituvchisi va keyinchalik dotsenti sifatida faoliyat olib borgan.
2022-2023 yillarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kafedrasi dosent vazifasini bajaruvchisi lavozimlarida ishlagan.
2023-yildan buyon O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kafedrasi dosenti lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Shu kunga qadar D.Tuxtanazarov 100 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi bo‘lib, ular qatorida 1 ta monografiya, 4 ta darslik, 4 ta o‘quv qo‘llanma, 100 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar mavjud. Uning ishlari nafaqat O‘zbekiston, balki nufuzli xalqaro ilmiy jurnallar va to‘plamlarda ham chop etilgan. Ilmiy faoliyatida asosiy filtratsiya jarayonlarini matematik modellashtirish sohalaridagi dolzarb muammolarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan.
D.Tuxtanazarov pedagogik faoliyati davomida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, o‘qitish jarayoniga ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy etish, talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyati va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirgan. Uning darslari zamonaviy yondashuvlar va innovatsion metodlar asosida olib borilib, talabalarning nazariy bilimlari bilan bir qatorda, ularning amaliy tajribasini shakllantirishga qaratilgan.
Shu bilan birga, D.Tuxtanazarov dasturlash bo‘yicha xalqaro va respublika miqyosidagi musobaqalarda, jumladan, Xalqaro Collegiate Programming Contest (ICPC) hamda Respublika fan olimpiadalarida talabalar bilan faol ishtirok etib, ularning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda yuqori natijalarga erishishlariga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
D.Tuxtanazarov ilmiy rahbar sifatida ham samarali faoliyat yuritib, uning rahbarligida bir qator bakalavrlik va magistrlik dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilingan hamda phd doktorant ilmiy tadqiqot olib bormoqada.