Kirish
Turdiyeva Dilafruz Maxmudjanovna
O‘qituvchilarga qaytish O‘qituvchi profili

Turdiyeva Dilafruz Maxmudjanovna

Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO kafedrasi dotsenti
tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori, PhD

Biografiya

Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Turdiyeva Dilafruz Maxmudjanovna umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha 20 yillik ish tajribasiga ega.

“Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Mehnat faoliyatini 2004-2005-yillarda Shayxontohur tumani, A.Ikromov nomli 102-o‘rta maktabda “Vatan tuyg‘usi” va “O‘zbekiston tarixi” fanlari o‘qituvchisi (o‘rindoshlik asosida) sifatida boshlagan.

2000-2004 yy. – Toshkent islom universiteti talabasi

2004-2006 yy. – Toshkent islom universiteti magistranti

2004.04.09. – 2005.02.09.-Shayxontohur tumani, A.Ikromov nomli 102-o‘rta maktabda “Vatan tuyg‘usi” va “O‘zbekiston tarixi” fanlari o‘qituvchisi (o‘rindoshlik asosida)

2005.01.11. – 2010.01.06. – Shayxontohur tumanidagi “Ziyo ғunchalari” nomli 243-bog‘cha maktab majmuasi ingliz va arab tillari to‘garak rahbari (o‘rindoshlik asosida)

2006.02.09. – 2006.29.12. – Toshkent islom universiteti “Islomshunoslik” kafedrasi metodisti

2006.29.12. – 2009.15.12. – Toshkent islom universiteti aspiranti

2007.20.01. – 2007.20.09. – Toshkent islom universiteti “Islom tarixi va falsafasi” fakulteti dekanati nazoratchisi o‘rindoshlik asosida)

2008.01.04. – 2010.01.05. – Toshkent islom universiteti magistratura bo‘limi metodisti (o‘rindoshlik asosida)

2010.01.05. – 2016.13.04 – Toshkent islom universiteti Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi

2015.02.09. – 2016.30.06. – Toshkent islom universiteti “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi o‘qituvchisi (o‘rindoshlik asosida)

2016.13.04. – 2018.20.07. – Toshkent islom universiteti ilmiy kotibi

2016.02.09. – 2017.30.06. – Toshkent islom universiteti “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi o‘qituvchisi (o‘rindoshlik asosida)

2017.02.09. – 2018.30.06. – Toshkent islom universiteti “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi katta o‘qituvchisi (o‘rindoshlik asosida)

2018.03.09. – 2020.10.03 – O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi ilmiy kotibi

2019.03.09. – 2020.30.06 – O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi katta o‘qituvchisi (o‘rindoshlik asosida)

2020.11.03 – 2022.09.03 – Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish sektori boshlig‘i

2022.10.03 – 2024.01.02 – O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi katta o‘qituvchisi

2024.01.02 – 02.09.2025 – O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchisi

2025.02.09.-h.v. – O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi dotsenti

Shu kunga qadar D.Turdiyeva 100 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi bo‘lib, 10 dan ortiq darslik, o‘quv va o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 10 ta monografiya va kitob, mahalliy va xorijiy jurnallar hamda ilmiy-amaliy anjumanlar ishtirokchisi hisoblanib, jami 100 ta, shundan 45 ta ilmiy maqola, 55 ta tezis va maqolalar muallifi.

Bundan tashqari, ayollarning din niqobidagi ekstremistik oqimlar safiga qo‘shilib qolishlarining sabab va oqibatlarini o‘rganish, ularni din niqobi ostidagi tahdidlardan himoya qilishda oilaning o‘rni yo‘nalishida olib borgan ilmiy izlanishlari samarasi sifatida “Adashgan nozik xilqat” nomli mualliflik kitobini nashr etgan hamda ushbu yo‘nalishdagi ishlarini davom ettirib ommaviy kundalik nashrlarda o‘z maqolalari bilan ishtirok etib kelmoqda.

Respublikada “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglikni ta’minlash, ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish maqsadida tashkil etiladigan ma’nafiy-ma’rifiy tadbirlarning faol ma’ruzachi-targ‘ibotchisi.

U “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi a’zosi sifatida talabalarga rus va o‘zbek tillarida “Dinshunoslik”, “Религиоведение”, “Din niqobidagi tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish asoslari”, “Основы формирофания иммунитета против-религиозно экстремистских угроз”, “Неисламкие конфессии в Узбекистане”, “Сравнительное изучение религиозных источников” kabi Dinshunoslik sohasiga oid fanlaridan ma’ruza mashg‘ulotlarini olib boradi.

O‘z sohasi doirasida nafaqat Respublika balki xorijiy davlatlar mutaxassislari bilan hamkorlikda malaka va tajribasini oshirish bo‘yicha doimiy izlanishda (Malayziya Federatsiyasi Malayziya xalqaro islom universiteti, Indoneziya Respublikasi Sahid universiteti. Qozog‘iston Respublikasi L.N.Gumilyov nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti, Xo‘ja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro Qozoq-Turk universiteti, Ruminiya Respublikasi Buxarest universiteti Erasmus+ KA171 Staff Mobility dasturi)

D.Turdiyeva ilmiy rahbar sifatida ham samarali faoliyat yuritib, uning rahbarligida bir qator bitiruv malakaviy ish, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilingan.

O‘qituvchi ishlari

19 ish