Kirish
Turambetov Nurilla
O‘qituvchilarga qaytish O‘qituvchi profili

Turambetov Nurilla

F.I.SH.: Turambetov Nurilla Keunimjaevich 
Ish joyi: “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi katta o‘qituvchisi
Ilmiy darajasi: -
Ilmiy unvoni: -
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari: dinshunoslik, dunyo dinlari tarixi, davlat va

Biografiya

Turambetov Nurilla Keunimjaevich, 1993-yil Nukus shahrida tug‘ilgan, millati qoraqolpoq. Ma’lumoti oliy. 2016-yil Toshkent islom universiteti “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr, 2018-yil O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Qiyosiy dinshunoslik” mutaxassisligi bo‘yicha magistr darajasini olgan.

Umumiy ish staji – 8 yil, ilmiy-pedagogik ish staji – 6 yil.

Mehnat va ilmiy-pedagogik faoliyatining asosiy bosqichlari:

2011-2012-yillarda u “Mustaqil hududiy sertifikatlashtirish markazi” KKda tarjimon bo‘lib ishlagan.

2012-2016-yillarda Toshkent islom universitetining “Islom tarixi va falsafasi” fakultetida “Dinshunoslik” yo‘nalishi bo‘yicha va 2016-2018-yillarda mazkur universitetda “Dinshunoslik” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturani tamomlagan.

2017-2018-yillarda Toshkent islom universitetining “Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi”da stajer-tadqiqotchi sifatida faoliyat olib borgan.

2018-yil 20-avgustdan 2019-yil 30-avgustgacha O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining magistratura bo‘limida uslubchi bo‘lib ishlagan.

2019-2021- yillarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasida stajyor-o‘qituvchi va 2021-yildan boshlab shu kafedrada o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda.

O‘quv ishlari bo‘yicha “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasida o‘qituvchi lavozimida 1.0 shtat birligida faoliyat yuritib, “Dinshunoslik”, “Dinshunoslikka kirish”, “Din niqobidagi tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish asoslari”, “Fan va din”, “Dinlardagi oqimlar va sektalar”, “Islom falsafasi”, “Diniy manbalarni qiyosiy o‘rganish”, “Qiyosiy dinshunoslik”, “Ibtidoiy dinlar va mifologiya”, “Jahon dinshunosligi”, “Dunyo dinlari tarixi” fanlaridan seminar mashg‘ulotlarini olib bormoqda.

6 yillik pedagogik faoliyati davomida Turambetov Nurilla “Dinshunoslik”, “Dinshunoslikka kirish”, “Din niqobidagi tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish asoslari”, “Fan va din”, “Dinlardagi oqimlar va sektalar”, “Islom falsafasi”, “Diniy manbalarni qiyosiy o‘rganish”, “Qiyosiy dinshunoslik”, “Ibtidoiy dinlar va mifologiya”, “Jahon dinshunosligi”, “Dunyo dinlari tarixi” fanlaridan ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarini interfaol metodlardan samarali foydalangan holda olib bormoqda. U tomonidan yuqoridagi fanlar bo‘yicha amaliy darslarda foydalaniladigan “Insert”, “FSMU”, “Assisment”, “Suqrot” metodlari talabalarga mavzuga oid bahsli, tortishuvli muammolarni o‘zaro fikrlashgan holda bayon etishga yordam bermoqda. Shuningdek, darslarda “case-study” o‘qitish texnologiyasidan foydalanishi talabalarga havola etilgan amaliy muammoli vaziyatlarni mustaqil tahlil va hal etish, bunday amaliy vaziyatdagi faoliyat bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqishga imkon bermoqda. Bundan tashqari, dars o‘tish jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalari, audio, video va multimedia vositalaridan samarali foydalanilishi dars saviyasini oshishida ham muhim o‘rin tutmoqda.

O‘quv yili davomida N.Turambetov shaxsiy ish rejasida rejalashtirilgan ilmiy-uslubiy ishlar tarkibiga kiruvchi “Dinshunoslik”, “Dinshunoslikka kirish”, “Din niqobidagi tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish asoslari”, “Fan va din”, “Dinlardagi oqimlar va sektalar”, “Islom falsafasi”, “Diniy manbalarni qiyosiy o‘rganish”, “Qiyosiy dinshunoslik”, “Ibtidoiy dinlar va mifologiya”, “Jahon dinshunosligi”, “Dunyo dinlari tarixi” kabi fanlardan ilg‘or pedagogik texnologiyalarga asoslangan o‘quv-uslubiy majmualar ishlab chiqilgan, fanlarning namunaviy va ishchi dasturlari tuzilgan, tegishli dasturlaridan foydalangan holda videoma’ruzalar va taqdimot slaydlari tayyorlangan, uslubiy ko‘rsatmalar va nazorat savollari (testlar, glossariy), oraliq va yakuniy nazorat savollari ishlab chiqilgan.

Ilmiy tadqiqot ishlarida faol. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan “Dinlar tarixi, ta’limoti, manbalari va an’analarini tadqiq etish asosida “Dunyo dinlari” elektron dasturi va mobil ilovasini yaratish” nomli innovatsion loyiha doirasida dunyoda keng tarqalgan 11 ta diniy ta’limotdan 8 tasi (zardushtiylik, buddaviylik, hinduiylik, jayniylik, sikxiylik, konfutsiylik, daolik, sintoiylik) bo‘yicha monografiyalarni mualliflar jamoasi bilan hamkorlikda nashrga tayyorlab, kitobxonlar va keng jamoatchilikka taqdim etgan.

Turambetov Nurilla, shuningdek, talabalar orasida kitobxonlikni ommalashtirish maqsadida kafedra professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda “Bilimdon dinishunos” intellektual tanlovi, “Diniy bag‘rikenglik – tinchlik va taraqqiyot asosi” nomli insholar tanlovi, “Dinlararo muloqot – bag‘rikenglik va hamkorlik omili”, “Sog‘lom e’tiqod va hamjihatlik – insoniy birodarlik asosi” nomli ijodiy ishlar tanlovi, “Onlayn zakovat” hamda “Men radikalizmga qarshiman” ko‘rik tanlovini tashkil qilishda faol ishtirok etdi.

N.Turambetov “ustoz-shogird” tizimini takomillashtirishda ham o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Jumladan, hozirda qadar uning ilmiy rahbarligida 10 ga yaqin bakalavriat bosqichi talabalari maqolalar nashr ettirdi.

Har yili kafedra mas’uliyatidagi “Dinshunoslikning dolzarb muammolari” mavzusidagi respublika va “Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik – jamiyat barqarorligi garovi” nomli xalqaro miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyani tashkil qilishda faol qatnashadi.

Oxirgi uch o‘quv yili davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan guvohnoma asosida “Qiyosiy dinshunoslik” mavzusida o‘quv qo‘llanma, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan “Dinlar tarixi, ta’limoti, manbalari va an’analarini tadqiq etish asosida “Dunyo dinlari” elektron dasturi va mobil ilovasini yaratish” nomli innovatsion loyiha doirasida “Jahon dinlari: Buddaviylik tarixi, ta’limoti, manbalari, an’analari” nomli monografiya nashr ettirdi.

Jamoada o‘tkazilgan anketa va sotsiologik so‘rovnomalarda uning pedagogik faoliyatiga ijobiy baho berilgan.

N.Turambetov pedagogik faoliyati bilan birga ma’naviy-ma’rifiy sohada ham samarali faoliyat olib bormoqda. Jumladan, 2023-2024-o‘quv yili davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Dinlar ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbarligida tashkil qilingan qator ma’naviy tadbir va davra suhbatlarida ishtirok etdi. “Jaholatga qarshi ma’rifat” va “Ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay” shiori ostida tashkil qilingan seminarlarda oliy ta’lim muassasalari talabalari orasida ekstremizmga berilishning oldini olish hamda ilm-fan va kasb-hunarga qiziqtirishga qaratilgan mavzularda mashg‘ulotlar olib bordi.

2024-2025-o‘quv yili davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbarligida Toshkent shahri va viloyatlaridagi oliy va o‘rta ta’lim muassasalarida tashkil etilgan “Jaholatga – qarshi ma’rifat” tadbirlar silsilasida faol ishtirok etdi.

2010-yil 23-sentabrda Iordaniya Qiroli Abdulloh II tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasining 65-sessiyasida ta’sis etilgan “Jahon dinlararo hamjihatlik haftaligi” g‘olibiga beriladi. Ushbu haftalik har yili fevral oyining birinchi haftasida butun dunyo bo‘ylab keng miqyosda tashkil etiladi. 2025-yilda ushbu haftalik doirasida, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi tomonidan joriy yilning 4-8-fevral kunlari “Insoniy birodarlik va dinlararo muloqot – xalqaro hamjihatlik omili” shiori ostida ilmiy, madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari yuqori saviyada tashkil etildi. Akademiyada o‘tkazilgan mazkur haftalik Podshoh Abdulloh II nomidagi “Jahon dinlararo hamjihatlik haftaligi – 2025” mukofotiga loyiq deb topildi. N.Turambetov ushbu haftalik doirasida faol ishtirok etdi.

Shuningdek, 2025-yildan buyon “Islom Ziyosi” ilmiy jurnalida muharrir sifatida faoliyat yuritib, ilmiy maqolalarning sifatini oshirish va mualliflar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda asosan rus va ingliz tillarida yozilgan ilmiy maqolalarni tahrir qilish ishlarida faol ishtirok etib kelmoqda.

Kontaktlar

O‘qituvchi ishlari

30 ish
1. 3.4- shakl
1. 3.4- shakl Turambetov Nurilla
0.00 UZ
12.Nurulloh Turambetov Co-author
12.Nurulloh Turambetov Co-author Turambetov Nurilla
0.00 UZ
23 (1)
23 (1) Turambetov Nurilla
0.00 UZ
3-678
3-678 Turambetov Nurilla
0.00 UZ
44.Nematullo 17793 (1)
44.Nematullo 17793 (1) Turambetov Nurilla
0.00 UZ
44.Nematullo 17793
44.Nematullo 17793 Turambetov Nurilla
0.00 UZ
68.Nematullo 15319
68.Nematullo 15319 Turambetov Nurilla
0.00 UZ
68.Nurulloh Turambetov Co-author
68.Nurulloh Turambetov Co-author Turambetov Nurilla
0.00 UZ
8 (1)
8 (1) Turambetov Nurilla
0.00 UZ
8-472
8-472 Turambetov Nurilla
0.00 UZ
Influence of Religious Myth on National
Influence of Religious Myth on National Turambetov Nurilla
0.00 UZ
L.Alidjanova, N.Turambetiv
L.Alidjanova, N.Turambetiv Turambetov Nurilla
0.00 UZ
Maqola Max Muller
Maqola Max Muller Turambetov Nurilla
0.00 UZ
Moturidiylik
Moturidiylik Turambetov Nurilla
0.00 UZ
N.Turambetov - Comparision
N.Turambetov - Comparision Turambetov Nurilla
0.00 UZ
Nematullo Mukhamedov & Nurulloh Turambetov (1)
Nematullo Mukhamedov & Nurulloh Turambetov (1) Turambetov Nurilla
0.00 UZ
Nurulloh Turambetov (2)
Nurulloh Turambetov (2) Turambetov Nurilla
0.00 UZ
Nurulloh Turambetov
Nurulloh Turambetov Turambetov Nurilla
0.00 UZ
Rahmonova S ustoz shogird Turambetov N
Rahmonova S ustoz shogird Turambetov N Turambetov Nurilla
0.00 UZ
THE DEVELOPMENT OF ACADEMIC APPROACHES IN EARLY GERMAN RELIGIOUS STUDIES
THE DEVELOPMENT OF ACADEMIC APPROACHES IN EARLY GERMAN RELIGIOUS STUDIES Turambetov Nurilla
0.00 UZ
Turambetov N. (2)
Turambetov N. (2) Turambetov Nurilla
0.00 UZ
Turambetov N. (3)
Turambetov N. (3) Turambetov Nurilla
0.00 UZ
Turambetov N. (4)
Turambetov N. (4) Turambetov Nurilla
0.00 UZ
Turambetov Nurulloh
Turambetov Nurulloh Turambetov Nurilla
0.00 UZ