Tangirov Obid Eshmaxmatovich
“Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi dotsenti
tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori
Biografiya
Tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori, dotsent Tangirov Obid Eshmaxmatovich umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha 19 yillik ish tajribasiga ega.
Mehnat faoliyatini 2007–yilda Toshkent viloyati Toshkent tumani Ijtimoiy-iqtisodiyot kollejida huquq fani o‘qituvchisi sifatida boshlagan. 2008–2009 yillarda Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi 295-sonli umumta’lim maktabida tarix fani o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan.
2009–2012-yillarda Toshkent islom institutining “Ijtimoiy fanlar” kafedrasida o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritgan. 2012–2014-yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix institutida stajyor-tadqiqotchi, katta ilmiy xodim-izlanuvchi sifatida ilmiy izlanishlar olib borgan. 2015–2019-yillarda O‘zbekiston davlat san’at muzeyining “O‘zbekiston xalq amaliy san’ati” bo‘limi mudiri lavozimida ishlagan. 2019–2023-yillarda Toshkent islom instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri, Ilmiy-tadqiqot bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan. 2023-yilda Oriental universiteti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti sifatida ishlagan. 2022–2024-yillarda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida ilmiy xodim, bosh muhofiz vazifalarida ishlagan. 2024–yildan hozirgi kunga qadar O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
O.E.Tangirovning ilmiy faoliyati O‘zbekiston tarixi, xususan, XIX asr oxiri – XX asr boshlaridagi Turkiston jadidchiligi tarixi, Toshkent shahri tarixi, amaliy san’at, muzeyshunoslik va madaniy meros masalalarini o‘rganishga bag‘ishlangan. U mazkur yo‘nalishlarda 100 dan ortiq ilmiy maqolalar, 3 ta monografiya, 2 ta o‘quv qo‘llanma, 3 ta risola, 1 katolog muallifi hisoblanadi.
O.E.Tangirov pedagogik faoliyati davomida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, o‘qitish jarayoniga ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy etish, talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyati va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirgan. Uning darslari zamonaviy yondashuvlar va innovatsion metodlar asosida olib borilib, talabalarning nazariy bilimlari bilan bir qatorda, ularning amaliy tajribasini shakllantirishga qaratilgan.
O.E.Tangirovning ilmiy va pedagogik faoliyati mamlakat tarixshunosligi, muzeyshunoslik hamda madaniy merosni asrash va targ‘ib etish sohalari rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Uning ilmiy rahbarligi ostida bir qator magistrlik dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilingan va doktorlik dissertatsiyasi ishiga ilmiy rahbarlik qilib kelmoqda.