Sodiqova Shoxida Marhaboyevna
«Din psixologiysi va pedagogika» kafedrasi professori,
sotsiologiya fanlari doktori (DSс).
Biografiya
Sodiqova Shohida Marhaboyevna 1970 yili 06 sentyabrda Toshkent viloyati Bo’ka tumanida tugilgan. Millati o’zbek.
Sodiqova Shohida Marhaboyevna o‘z ilmiy faoliyatini sotsiologiya, boshqaruv sotsiologiyasi, sotsiologik tadqiqotlar metodikasi va texnikasi, ijtimoiy gerontologiya, jamiyatni modernizatsiyalash jarayonlarini takomillashtirish muammolarini o‘rganishdan boshlagan. Sotsiologiya, boshqaruvda sotsiologik tadqiqotlarning o’tkazilishi, din sotsiologiyasi, ijtimoiy gerontologiya, raqamli sotsiologiya metodlari, aholini ijtimoiy himoyalash, oila tarbiyasi, yoshlarni vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashga bag‘ishlangan dastlabki maqolalar, monografiyalar va o‘quv qo‘llanmalari muallifidir. Uning “Qariyalarni qadrlash mezonlari va tamoyillari”, “Yoshlarni vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda keksalarning o’rni”, “O’zgarishlar sotsiologiyasi”, “Boshqaruv sotsiologiyasi”, “Keksalik va ma’naviy meros”, “Sotsiologiya”, “Yangi O’zbekiston-ijtimoiy davlat: o’zgarishlar jarayonlari”, “O’zbekistonda ijtimoiy gerontologiya masalalari tadqiqi”, “Oilada farzand tarbiyasi” asarlari ko‘pchilikka ma’lum va yuqori baholangan.
Sh.Sodiqovaning sotsiologiya, sotsiologik tadqiqotlar metodikasi va texnikasi, ijtimoiy gerontologiya, raqamli sotsiologiya, o’zgarishlar sotsiologiyasi masalalariga bag‘ishlangan maqolalari «Sotsialnaya politika i sotsialnoye portnyorstvo» (Rossiya Federatsiyasi prezidenti huzuridagi davlat xizmati akademiyasi)», The new ways of social protection of the elderly people: in the case of Uzbekistan (Buyuk Britaniya), The role of the older generation in the yeducation of young people. Austrian journal of Humanities and Social Sciences (Avstriya) kabi nufuzli xorijiy jurnallarda, shuningdek, AQSH, Germaniya, Hindiston kabi xorijiy mamlakatlar ilmiy to‘plamlarida chop etilgan. Ilmiy izlanishlari natijalariga ko‘ra xorijiy davlatlar universitetlarida Bolgariya (Rusenskiy universitet), Xitoy ijtimoiy tadqiqotlar instituti (Pekin), Rossiya (Rossiya Federatsiyasi prezidenti huzuridagi davlat xizmati akademiyasi), Qirg’iziston (Qirg’iziston-Rossiya universiteti), Belorussiya, Minsk (Bellorussiya davlat universitetida) ma’ruzalar o‘qigan.
Sh. Sodiqova O‘zbekistondagi o’zgarishlar jarayonlari, aholini ijtimoiy himoyalash masalalari, xotin-qizlar, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, oilalarga ijtimoiy hizmat ko’rsatish, ijtimoiy gerontologiya masalalari, raqamli jamiyatda keksalar uchun imkoniyatlar, intellektual bandlik, mahalla instituti, demografik devident, ijtimoiy ta’minot, blogosfera bo‘yicha noyob ilmiy maktab asoschisi. Uning tashabbusi bilan O’zbekiston Milliy universiteti sotsiologiya kafedrasida “Ijtimoiy gerontologiya” yangi o‘quv kursi ishlab chiqilib, darslik va kurs dasturi yaratildi. U 5 nafar sotsiologiya fanlari doktori (DSc) va 10 nafar falsafa doktori (PhD) nomzodlarini tayyorlagan. 100 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan, 5 ta monografiya, 2 ta darslik, 2 ta o’quv qo’llanma 1 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, ko’plab ilmiy-ommabop risolalar muallifi.
Hozirda prof. Sh.Sodiqova milliy sotsiologiyaning muhim tarmoqlaridan biri sifatida aholini ijtimoiy himoyalash ijtimoiy davlatning yo’nalishi sifatida, keksalarda ijtimoiy faollikni oshirish, mahalla instituti, yashlarda intellektual bandlik, blogosfera, yosh oilalar, jaholatga qarshi ma’rifat yonalishini rivojlantirishda faol ishtirok etmoqda. Uning bevosita rahbarligida va ijrochi sifatida qator fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borish natijasida Sh. Sodiqovaning tadqiqot natijalaridan “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot institutida foydalanilgan.
Sh. Sodiqova 5 ta xalqaro sertifikatga ega, jumladan, oliy ta'lim sohasidagi dolzarb didaktik jihatlar (Lyxsemburg, 2019), kombinatsiyalashgan trening (Germaniya, 2020), murabbiylik mahorati: amaliyotdan mahoratgacha (UNDP, 2018), samarali treninglar o'tkazish nazariyasi va amaliyoti (UNDP, 2018), “fikr almashish” tahlilidan “professional sifatli analitik tahliliga” o’tish (Bishkek, 2023).
Sh. Sodiqova sotsiologlar orasida kam uchraydigan, bilimlar tizimida faol izlanish va yangi marralarni topishga intilayotgan olimlar toifasiga kiradi.