Sodikov Jurabek Sobirboyevich
“Islomshunoslik va islom sivilizasiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi dotsenti
Islomshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Biografiya
Islomshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Sodikov Jurabek Sobirboyevich umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha 6 yillik ish tajribasiga ega.
Mehnat faoliyatini 2020-2022-yillarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tayanch doktoranti sifatida boshlagan. Shundan keyin 2022-2023-yillarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi o‘qituvchisi, 2023-2024-yillarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizasiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2024-2025-yillarda mazkur akademiyaning “Islomshunoslik va islom sivilizasiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchisi bo‘lib ishlagan. 2025-yildan hozirgi kunga qadar O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizasiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Shu kunga qadar J.Sodikov pedagogik faoliyati bilan birga, o‘zining ilmiy izlanishlarini davom ettirmoqda. Uning shu kunga qadar 60 ga yaqin ilmiy ishlari chop etilgan. Xususan, 2 ta monografiya, 1 ta darslik, 1 ta o‘quv qo‘llanma, 50 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, 4 ta mualliflik guvohnomasi chop etilgan. Uning ishlari nafaqat O‘zbekiston, balki nufuzli xalqaro ilmiy jurnallar va to‘plamlarda ham chop etilgan. Ilmiy faoliyatida asosiy e’tibor moturidiylik ta’limoti, islom aqidasi, kalom ilmi, tafsir ilmi va tasavvuf sohalaridagi dolzarb muammolarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan.
J.Sodikov pedagogik faoliyati davomida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, o‘qitish jarayoniga ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy etish, talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyati va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirgan.
J.Sodikov Akademiya miqyosidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda, jamiyatni ijtimoiy sog‘lomlashtirishda, mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy sohasidagi islohotlarni aholining barcha qatlamlariga yetkazishda bevosita o‘zining ma’ruza va chiqishlari bilan ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, 2022-2026-yillar davomida “Jaholatga qarshi ma’rifat” Respublika tadbirlarida o‘zining ma’ruza va chiqishlari bilan faol qatnashgan.
J.Sodikov Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida bajarilishi mo‘ljallangan fundamental hamda amaliy loyihalar faol ishtirok etib kelmoqda. Xususan, O‘zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazida 2025-yilga mo‘ljallangan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida bajarilgan “Muhammad Jazariy ilmiy merosi” nomli ilmiy-innovasion loyihasida ijrochi sifatida ishtirok etgan. Shuningdek, 2025-yil 1-iyuldan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Islom ensiklopediyasining ko’p jildli fundamental nashrini yratish” mavzusidagi grant loyihasida katta ilmiy xodim sifatida ishlab kelmoqda.
Shuningdek, J.Sodikov ilmiy rahbar sifatida ham samarali faoliyat yuritib, uning rahbarligida bir qator bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilingan.