Kirish
Sobirov Javohirxon Alloyorxonovich
O‘qituvchilarga qaytish O‘qituvchi profili

Sobirov Javohirxon Alloyorxonovich

Xalqaro munosabatlar kafedrasi katta o‘qituvchisi
siyosiy fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Biografiya

Siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori, professor Sobirov Javohirxon Alloyorxonovich umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha 13 yillik ish tajribasiga ega.

Mehnat faoliyatini 2003-2004 yillarda Andijon viloyati Izboskan tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 8-bog‘cha-gimnaziya o‘qituvchisi lavozimida ishlagan.

2004-2005 yillarda Andijon viloyati Izboskan agrosanoat kasb-hunar kolleji o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan.

2018-2019 yillarda Bobur nomli xalqaro jamoat fondi tasarrufidagi “Bobur va dunyo” jurnali muxbiri lavozimida ishlagan.

2019-2020 yillarda Bobur nomli xalqaro jamoat fondi fond raisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

2020-2020 yillarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xalqaro hamkorlik bo‘limi uslubchisi lavozimida ishlagan.

2020-2021 yillarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Xalqaro aloqalar bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimida ishlagan.

2021-2025 O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tyutori lavozimida ishlagan.

2025-yildan buyon O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining Xalqaro munosabatlar kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Shu kunga qadar J.Sobirov 28 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi bo‘lib, ular qatorida 1 ta monografiya, 2 ta o‘quv qo‘llanma, 25 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar mavjud. Uning ishlari nafaqat O‘zbekiston, balki nufuzli xalqaro ilmiy jurnallar va to‘plamlarda ham chop etilgan. Ilmiy faoliyatida asosiy e’tibor siyosiy tahlil, xalqaro munosabatlar hamda zamonaviy siyosiy jarayonlar sohalaridagi dolzarb muammolarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan.

J.Sobirov pedagogik faoliyati davomida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, o‘qitish jarayoniga ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy etish, talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyati va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirgan. Uning darslari zamonaviy yondashuvlar va innovatsion metodlar asosida olib borilib, talabalarning nazariy bilimlari bilan bir qatorda, ularning amaliy tajribasini shakllantirishga qaratilgan.

J.Sobirov ilmiy rahbar sifatida ham samarali faoliyat yuritib, uning rahbarligida bir qator bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilingan.

Kontaktlar

Phone +99871 244 95 98 Email j.sobirov@iiau.uz Telegram @sjavohirxon Кабинет 216 Qabul kunlari Seshanba-Chorshanba

O‘qituvchi ishlari

9 ish