Kirish
S.Mamurov
O‘qituvchilarga qaytish O‘qituvchi profili

S.Mamurov

“Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi dotsenti
iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Biografiya

Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Mamurov Samadjon Igamnazarovich umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha 13 yillik ish tajribasiga ega.

Mehnat faoliyatini 2012–2013-yillarda Toshkent bank kolleji “Umumiqtisodiy fanlar” kafedrasida o‘qituvchi sifatida boshlagan.

2013–2024-yillar davomida Toshkent moliya instituti “Menejment va marketing” kafedrasi katta o‘qituvchisi va dotsent vazifasini bajaruvchi lavozimlarida ishlagan.

2024 yildan hozigi davrga qadar O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Shu kunga qadar S.Mamurov 70 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi bo‘lib, ular qatorida 3 ta monografiya, 2 ta darslik, 2 ta o‘quv qo‘llanma, 50 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar mavjud. Uning ishlari nafaqat O‘zbekiston, balki nufuzli xalqaro ilmiy jurnallar va to‘plamlarda ham chop etilgan. Ilmiy faoliyatida asosiy e’tibor menejment va marketing hamda turizm sohalaridagi dolzarb muammolarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan.

S.Mamurov pedagogik faoliyati davomida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, o‘qitish jarayoniga ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy etish, talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyati va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirgan. Uning darslari zamonaviy yondashuvlar va innovatsion metodlar asosida olib borilib, talabalarning nazariy bilimlari bilan bir qatorda, ularning amaliy tajribasini shakllantirishga qaratilgan.

Shu bilan birga, S.Mamurov 2024-2025-yillarda “Buxoro ziyoratgohlarining elektron 3D modelini yaratish” nomli innovatsion loyihasida a’zo sifatida ishtirok etgan.

S.Mamurov ilmiy rahbar sifatida ham samarali faoliyat yuritib, uning rahbarligida bir qator magistrlik va PhD dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilingan.

Kontaktlar

O‘qituvchi ishlari

31 ish