Shukurov Yorqin Alijanovich
Mumtoz sharq filologiyasi “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)
Biografiya
“Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) Shukurov Yorqin Alidjanovich umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha 24 yillik ish tajribasiga ega.
2000-yili Toshkent davlat sharqshunoslik institutitining “Arab tili va adabiyoti” mutaxassisligi bo’yicha bakalavrni, 2002-yili esa mazkur ta’lim muassasasining “Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik” ixtisosligi bo’yicha magistratirasini muvaffaqiyatli tamomlagan. 2000-2001 yillarda Misra Arab Respublikasining QOhira universitetida til stajirovkasini o’tab qaytgan.
Mehnat faoliyatini 2002-yil Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qoshidagi Olmazor akademik litseyida arab tili o’qituvchisi sifatida boshlagan. 2012-yili Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti qoshidagi 2-sonli akademik litseyida arab tili fanidan bosh o’qituvchi lavozimida davom ettirgan. 2017-yili Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida arab tili fanidan bosh o’qituvchi va Sharq tillari kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan.
2018-2020 yillarda O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi Mumtoz sharq filologiyasi fakultetida o’quv ishlari boʻyicha dekan o’rinbosari lavozimiga tayinlangan. Shu davrda ichki o’rindosh sifatida “Аrab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasida o’rindoshlik asosida arab tili fanidan o’qituvchi lavozimida ishlagan.
2022-yildan mazkur kafedraning katta o’qituvchisi, 2024-yildan dostent vazifasini bajaruvchi, 2025-yildan esa dotsent lavozimida mehnat faoliyatini davom ettirib kelmoqda.
Mehnat faoliyati davomida Shukurov Yorqin Alidjanovich respublika o’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarida ta’lim jarayoniga ilg’or pedagogika va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini samarali tatbiq etish bo’yicha 60 ga yaqin seminar trening mashg’ulotlarini o’tkazgan. Natijada O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim vazirligining “Maqtov yorlig’i” bilan 2012 va 2013-yillari ikki marta taqdirlangan.
Shu kunga qadar Y.Shukurov 50 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi bo‘lib, ular qatorida 4 ta o‘quv qo‘llanma, 50 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, 4 ta mualliflik patenti mavjud. Uning ishlari nafaqat O‘zbekiston, balki nufuzli xalqaro ilmiy jurnallar va to‘plamlarda ham chop etilgan. Ilmiy faoliyatida asosiy e’tibor lingvistik tahlil, pedagogika sohasidagi dolzarb muammolarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan.
Y.Shukurov pedagogik faoliyati davomida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, o‘qitish jarayoniga ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy etish, talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyati va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirgan. Uning darslari zamonaviy yondashuvlar va innovatsion metodlar asosida olib borilib, talabalarning nazariy bilimlari bilan bir qatorda, ularning amaliy tajribasini shakllantirishga qaratilgan.
Y.Shukurov faqat ilmiy va pedagogik faoliyat bilan cheklanib qolmay, balki ijtimoiy-ma’naviy targ‘ibot ishlari bilan ham shug‘ullanib kelmoqda. U Respublikamiz bo‘ylab “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashaylik” shiori ostida o‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlarida asosiy va doimiy ma’ruzachi sifatida muntazam ravishda qatnashib, Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Farg‘ona viloyati, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro va boshqa hududlarda aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda.
Mamlakatimizda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan izchil islohotlarni xalqimiz e’tiboriga yetkazishda, yoshlar ongida sog’lom e’tiqodni shakllantirishga qaratilgan raddiya ko’rsatuvlarida o’zining mazmunli ma’ruzalari bilan doimiy chiqishlar qilib kelmoqda. Bundan tashqari diniy soha xodimlari, imom-xatiblar va otinoylar uchun tashkil etilayotgan seminar treninglarda o’zining “Jaholatga qarshi kurashishning interaktiv metodlari”, “Ma’ruzadan muloqtga”, “Diniy aqidaparsatlik jamiyat uchun tahdid” kabi dolzarb mavzulardagi ma’ruzalari bilan faol qatnashib keladi.
Y.Shukurov ilmiy rahbar sifatida ham samarali faoliyat yuritib, uning rahbarligida bir qator magistrlik dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilingan.