Sh.Murotov
Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi kafedrasi stajyor o‘qituvchisi
Biografiya
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiya Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi stajyor o‘qituvchisi Murotov Shoxzod Abdunazar o‘g‘li mehnat faoliyatini 2026-yilning fevral oyidan boshlagan.
Faoliyatini yaqinda boshlagan Murotov.Shning shu kunga qadar xalqaro, mahalliy va Respublikaning nufuzli jurnallari, ilmiy anjumanlar va konfrensiyalarda 10 yaqin maqola va tezislari chop etilgan. Ilmiy faoliyatida asosiy e’tibor iqtisodiyot, menejment hamda turizm sohalaridagi dolzarb muammolarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etishga qaratgan.
Sh.Murotov pedagogik faoliyati davomida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, o‘qitish jarayoniga ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy etish, talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyati va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirmoqda. Uning darslari zamonaviy yondashuvlar va innovatsion metodlar asosida olib borilib, talabalarning nazariy bilimlari bilan bir qatorda, ularning amaliy tajribasini shakllantirishga qaratilgan.