Shamsematova Barno Rixsivayevna
O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi mudiri
filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori, dotsent
Biografiya
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Shamsematova Barno Rixsivayevna umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha 30 yillik ish tajribasiga ega.
Mehnat faoliyatini 1996–1999-yillarda Toshkentdagi Al-Buxoriy nomli 314-maktabda ingliz tili o‘qituvchisi sifatida boshlagan.
1999–2000-yillar davomida Oybek nomidagi 115- maktabda, 2000–2005-yillarda esa Respublika nafis san’at litseyida ingliz tili o‘qiyuvchisi sifatida samarali faoliyat yuritgan.
2005–2010-yillar davomida Toshkent islom universiteti G‘arb tillari kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ishlagan. 2010-2013 yillar mazkur kafedrani mudiri lavozimida faoliyatini davom ettirgan. 2013-2019 yillar davomida mazkur kafedrada katta o‘qituvchi lavozimida ishlagan.
2019-yilda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining Chet tillari kafedrasi mudiri vazivasini bajaruvchisi, 2020-yildan xozirgacha mazkur kafedrada mudir lavozimida faoliyat olib bormoqda. 2024-yilda kafedra nomi O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasiga o‘zgartirildi.
Shu kunga qadar B.Shamsematova 85 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi bo‘lib, ular qatorida 1 ta monografiya, 3 ta darslik, 4 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta uslubiy qo‘llanma mavjud.
Uning ishlari nafaqat O‘zbekiston, balki nufuzli xalqaro ilmiy jurnallar va to‘plamlarda ham chop etilgan. Ilmiy faoliyatida asosiy e’tibor lingvistika, qiyosiy tilshunoslik hamda metodika sohalaridagi dolzarb muammolarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan.
B. Shamsematova pedagogik faoliyati davomida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalar va innovatsion yondashuvlarni joriy etish, talabalarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish hamda amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish borasida samarali faoliyat olib bormoqda. Uning dars mashg‘ulotlari ilg‘or ta’lim metodlari asosida tashkil etilib, talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash bilan bir qatorda, kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish va amaliy tajribalarini boyitishga xizmat qilmoqda.
B. Shamsematova xalqaro ta’lim va ilmiy hamkorlik yo‘nalishida ham faol ishtirok etib, qator nufuzli xalqaro grantlar sovrindori hisoblanadi. U turli xalqaro grant va hamkorlik loyihalarida milliy koordinator sifatida samarali faoliyat yuritib, akademik mobillikni kengaytirish, o‘quv dasturlarini takomillashtirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish hamda xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
Shuningdek, B. Shamsematova ma’naviy-ma’rifiy ishlar sohasida ham faol va tashabbuskor pedagoglardan biri sifatida e’tirof etiladi. U talaba-yoshlar qalbida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, vatanparvarlik, ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar va tarbiyaviy loyihalarda muntazam ishtirok etib kelmoqda. Uning bu boradagi faoliyati yosh avlodning barkamol inson bo‘lib kamol topishiga xizmat qilmoqda.