Kirish
Shakirova Zulfiya Normaxamatovna
O‘qituvchilarga qaytish O‘qituvchi profili

Shakirova Zulfiya Normaxamatovna

“Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi dotsenti, tarix fanlari nomzodi

Biografiya

Tarix fanlari nomzodi, dotsent Shakirova Zulfiya Normaxamatovna umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha 31 yillik ish tajribasiga ega.

Mehnat faoliyatini 1995–2002-yillarda Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Arab filologiyasi” kafedrasida o‘qituvchi sifatida boshlagan.

2002–2005-yillar davomida Toshkent islom universitetining aspiranti va “Sharq tillari” kafedrasida o‘rindoshlik asosida arab tili o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritgan.

2006–2008-yillarda Toshkent islom universitetining “Sharq tillari” kafedrasida o‘qituvchi lavozimida mehnat qilgan.

2008–2018-yillarda Toshkent islom universitetining “Sharq tillari” kafedrasining katta o‘qituvchisi lavozimida ishlagan.

2019-2020- yillarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasida dotsent vazifasini bajaruvchi sifatida ishlagan.

2020 yildan buyon ushbu kafedrada dotsent lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Shu kunga qadar Z.Shakirova 50 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi bo‘lib, ular qatorida 1 ta monografiya, 1 ta darslik, 3 ta o‘quv qo‘llanma, 50 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar mavjud. Uning ishlari nafaqat O‘zbekiston, balki nufuzli xalqaro ilmiy jurnallar va to‘plamlarda ham chop etilgan. Ilmiy faoliyatida asosiy e’tibor arab tilini

o‘qitish uslublari, islom tarixi sohalaridagi dolzarb muammolarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan.

Z.Shakirova pedagogik faoliyati davomida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, o‘qitish jarayoniga ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy etish, talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyati va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirgan. Uning darslari zamonaviy yondashuvlar va innovatsion metodlar asosida olib borilib, talabalarning nazariy bilimlari bilan bir qatorda, ularning amaliy tajribasini shakllantirishga qaratilgan.

Z.Shakirova ilmiy rahbar sifatida ham samarali faoliyat yuritib, uning rahbarligida bir qator bakalavr va magistrlik dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilingan.

Kontaktlar

Phone +99890 322 74 73 Email shokirovazulfiya@iiau.uz Telegram @Zulfiya Кабинет 242 Qabul kunlari Dushanba-Chorshanba

O‘qituvchi ishlari

22 ish