Sayidiraximova Nasiba Sayidmaxamadovna
O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi dotsenti
Filologiya fanlari doktori (DSc)
Biografiya
Sayidiraximova Nasiba Sayidmaxamadovna 1974-yil 18-aprelda Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh shahrida ziyoli oilada tavallud topgan. Millati – o‘zbek. Ma’lumoti oliy.
1991-yildan 1996-yillargacha Farg‘ona davlat universiteti. О‘zbek filologiyasi fakulteti talabasi;
1996-yildan 1999-yillargacha Farg‘ona davlat universiteti aspiranti;
1999-yildan 2008-yillargacha О‘sh davlat universiteti О‘zbek-gumanitar pedagogika instituti, О‘zbek tilshunosligi kafedrasi о‘qituvchisi, katta о‘qituvchi, dotsent vazifasini bajaruvchi, fakultet Ilmiy va tashqi ishlar bо‘yicha dekan muovini;
2008-yildan 2009-yillargacha Toshkent shahar 1-Respublika tibbiyot kolleji о‘qituvchisi;
2009-yildan 2010-yillargacha “О‘zArxiv” agentligi qoshidagi markaziy davlat arxivi katta ilmiy xodimi;
2010-yildan 2011-yillargacha “MARG`IYONA-PRINT” Mas’uliyati cheklangan jamiyat tasischisi va direktori;
2011-yildan 2012-yillargacha Nizomiy nomidagi TDPU “Pedagogik ta’lim” jurnali muharriri.
2012-yildan 2015-yillargacha TDPU О‘zbek tilshunosligi kafedrasi dotsent v.b., fakultet ilmiy ishlar bо‘yicha dekan muovini;
2015-yildan 2016-yillargacha Nizomiy nomidagi О‘zbek tili va uni о‘qitish metodikasi kafedrasida dotsent vazifasini bajaruvchisi, fakultet ilmiy ishlar bо‘yicha dekan muovini;
2016-yildan 2017-yillargacha Alisher Navoiy nomidagi О‘zbek tili va adabiyoti universiteti О‘zbek tili va uni о‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti;
2017-yildan 2020-yillargacha Alisher Navoiy nomidagi О‘zbek tili va adabiyoti universiteti О‘zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti;
2020-yildan 2024-yillargacha О‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi О‘zbek tili va mumtoz sharq adabiyoti kafedrasi dotsenti;
2024-yildan h/v. О‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi О‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi dotsenti.
2025-yildan hozirgi kunga qadar Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti mustaqil izlanuvchisi.
Sayidiraximova Nasiba Sayidmaxamadovna 2004-yilning 16-aprelida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi Ilmiy kengashda “Maktabgacha yoshdagi o‘zbek bolalar nutqining lingvistik xususiyatlari” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
2026-yilning 18-may kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.Fil.41.01 raqamli Ilmiy kengashda “O‘zbek tilida sintaktik sinonim, antonim va omonimlar hosil bo‘lishining lingvokognitiv asoslari” mavzusidagi 10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligida filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
Oilali. Ikki nafar farzandi bor.