Kirish
Saparov Murod Yuldashevich
O‘qituvchilarga qaytish O‘qituvchi profili

Saparov Murod Yuldashevich

Din psixologiyasi va pedagogika kafedrasi dotsenti
Psixologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori(PhD)

Biografiya

Saparov Murod Yuldashovich 1979 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek.

2005 yilda O‘zbekiston milliy universiteti (kunduzgi), 2009 yilda O‘zbekiston milliy universiteti magistraturasi psixologiya mutaxassisligi bo‘yicha bitirgan.

2023 yil 06 dekabrda Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy kengashda “Kubroviya tariqatida komil inson konsepsiyasining psixologik talqini” mavzusida 19.00.01 – “Umumiy psixologiya. Shaxs psixologiyasi. Psixologiya tarixi va nazariyasi” ixtisosligi bo‘yicha himoya qilgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi diplomi 348/1-son bayonnoma bilan 2024 yil 06 yanvarda berilgan.

Umumiy ish staji 20 yil. Ilmiy-pedagogik ish staji 17 yil, shu jumladan, Oliy harbiy bojxona institutida ilmiy - pedagogik staji 16 yil 2024-yildan buyon O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining Din psixologiyasi va pedagogika kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda

Ilmiy-pedagogik ish faoliyati davomida psixologiya sohasiga oid 30 dan ortiq ilmiy ishlari nashr qilgan, shulardan, 20 tasi OAK tomonidan maqolalari hisobga olinadigan jurnaldagi ilmiy maqola, 10 tadan ortiq respublika miqyosida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiya materiallaridir. Jumladan, uning joriy yili 2025 yil Kubroviya tariqatida komil inson konsepsiyasining psixologik tuzilish monografiyasi. Umimiy pedagogika va psixologiya. Darslik. (hammualiflikda). Oliy-ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlar monitoringini takomillashtirishning ilmiy amaliy asoslari 10 dan ortiq maqola chet elda nashr etilgan.

Shuningdek, Toshkent shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan “Jadidchilik pedagogikasining zamonaviy ta’limdagi ahamiyati” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etib “Milliy iftixor” nomli esdalik nishoni va maxsus guvohnoma bilan taqdirlandi

O‘qituvchi ishlari

13 ish
Bu rubrikada hozircha ishlar yo‘q.