Kirish
Rasulova Nilufar Tulkunovna
O‘qituvchilarga qaytish O‘qituvchi profili

Rasulova Nilufar Tulkunovna

“Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi dotsenti
Psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Biografiya

 Rasulova Nilufar Tulkunovna 1976-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek.

 1997-yilda Toshkent davlat pedagogika universitetida “Pedagogika va psixologiya” mutaxassisligini bitirgan.

N.Rasulova 2024-yil 31-yanvardan buyon psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori.

U 2023-yil 15-dekabrda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01 raqamli Ilmiy Kengashda falsafa doktorlik (Doctor of Philosophy) dissertasiyasini himoya qilgan.

Psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi mavzusi: “Yoshlarda reproduktiv ongni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik va diniy omillari”.

Ixtisoslik shifri: 19.00.07 – “Din psixologiyasi”.

Ilmiy daraja tasdiqlangan sana: 2024-yil 31-yanvar, 350/1-son bayonnoma. Diplom raqami 01 №012781.

 Rasulova Nilufar umumiy ish faoliyati 27 yil, ilmiy va pedogogik ish faoliyati 22 yil, jumladan, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasidagi mehnat faoliyati 8 yil.

Mehnat va ilmiy-pedagogik faoliyatining asosiy bosqichlari:

1997-1998-yy. – Chilonzor tuman 291-maktabgacha ta’lim muassasasi psixologi.

1998-2002-yy. – Toshkent davlat pedagogika universiteti umumiy psixologiya kafedrasi aspiranti.

2003-2016-yy. – Toshkent davlat pedagogika universiteti umumiy psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi.

2016-2017-yy. – “Gospital Doktor Di” mas’uliyati cheklangan jamiyati psixologi.

2017-2018-yy. – Toshkent islom universiteti psixologiya va falsafiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi.

2018-2020-yy. – O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi o‘qituvchisi.

2020-2024-yy. – O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi katta o‘qituvchisi.

2024y - h.v. – O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchisi.

 N.Rasulova O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasidagi 8 yillik ilmiy-pedagogik faoliyati davomida bakalavriat va magistratura bosqichi talabalarga rus va o‘zbek tillarida “Din psixologiyasi”, “Diniy fanatizm psixologiyasi”, “Umumiy psixologiya”, “Rivojlanish psixologiyasi va differensial psixologiya”, “Konsultativ psixologiya va psixokorreksiya”, “Umumiy pedagogika va psixologiya”, “Psixogigiyena”, “Psixogenetika” kabi fanlardan ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarini olib boradi. Fanlarini talabalar tomonidan samarali o‘zlashtirilishida darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, slaydlar va o‘quv filmlaridan foydalanadi.

U tomonidan yuqoridagi fanlar bo‘yicha ma’ruza va amaliyot darslarida foydalaniladigan “Insert”, “FSMU”, “Assisment”, “Suqrot” metodlari talabalarga mavzuga oid bahsli, tortishuvli muammolarni o‘zaro fikrlashgan holda bayon etishga yordam bermoqda. Shuningdek, darslarda case-study o‘qitish texnologiyasidan foydalanishi talabalarga havola etilgan amaliy muammoli vaziyatlarni mustaqil tahlil va hal etish, bunday amaliy vaziyatdagi faoliyat bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqishga imkon bermoqda. Bundan tashqari, dars o‘tish jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalari, audio, video va multimedia vositalaridan samarali foydalanilishi dars saviyasini oshishida ham muhim o‘rin tutmoqda.

O‘quv ishlari bo‘yicha “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasida dotsent v.b. lavozimida 1 (bir) shtat birligida faoliyat yuritib, “Din psixologiyasi”, “Diniy fanatizm psixologiyasi”, “Umumiy psixologiya”, “Rivojlanish psixologiyasi va differensial psixologiya”, “Konsultativ psixologiya va psixokorreksiya”, “Umumiy pedagogika va psixologiya”, “Psixogigiyena”, “Psixogenetika” fanlaridan ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarini olib bormoqda.

Kontaktlar

Phone +998995144044 Email n.rasulova@iiau.uz Telegram @lotos411 Кабинет A423 Qabul kunlari Seshanba-Payshanba

O‘qituvchi ishlari

13 ish