Kirish
Rasulova Feruza Fayzullayevna
O‘qituvchilarga qaytish O‘qituvchi profili

Rasulova Feruza Fayzullayevna

“Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi dotsenti
Psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Rasulova Feruza Fayzullayvna

Biografiya

 Rasulova Feruza Fayzullayvn 1985-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek.

 2008-yilda Toshkent davlat pedagogika universiteti “Pedagogika va psixologiyasi” fakultetini tamomlagan.

F.Rasulova 2018-yil 30-oktabrdan buyon Psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

U 2018-yil 8-sentabrda Toshkent davlat universiteti (O’zMU) huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.27.06.Psi.01.07. raqamli ilmiy Kengashda psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktorlik (Doctor of Philosophy) dissertasiyasini himoya qilgan.

Psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi mavzusi: “O‘smirlarda agrеssiv xulq-atvor namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlari”.

Ixtisoslik shifri: 19.00.06 – “Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi”.

Ilmiy daraja tasdiqlangan sana: 2018-yil 30-oktabr, 257/1-son bayonnoma. Diplom raqami 01 №000924.

  Rasulova Feruza Fayzullayvnaning umumiy ish faoliyati 15 yil, jumladan, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasidagi mehnat faoliyati 4 yil.

Mehnat va ilmiy-pedagogik faoliyatining asosiy bosqichlari:

2002 – 2006y.y-Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti bakalavriat talabasi

2006 –2008y.y.-Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti magistratura talabasi

2011-2015y.y. - TVPKQTMOI “Pedagogika, psixologiya va menejment” kafedrasida katta o‘qituvchi

2015-2017 y.y.-Nizomiy nomidagi TDPU tayanch doktoranti

2018-2019y.y.-Nizomiy nomidagi TDPU “Psixologiya” kafedrasi o‘qituvchisi va dotsent v.b.

2019-2022y.y.-O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi katta o‘qituvchisi.

2023 y.h.k. -O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi dotsenti

  Rasulova Feruza O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasidagi 4 yillik ilmiy-pedagogik faoliyati davomida o‘quv ishlari bo‘yicha “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasida dotsent lavozimida 1 (bir) shtat birligida faoliyat yuritib, bakalavriat va magistratura bosqichi talabalarga o‘zbek tillarida “Umumiy psixologiyasi”, “Psixodiagnostika”, “Sotsial psixologik reabilitasiya”, “Deviant xulq-atvor psixologiyasi”, “Psixologik xizmat”, “Eksperimental psixologiya” kabi fanlardan ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarini olib boradi. Fanlarini talabalar tomonidan samarali o‘zlashtirilishida darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, slaydlar va o‘quv filmlaridan foydalanadi.

U tomonidan yuqoridagi fanlar bo‘yicha ma’ruza va amaliyot darslarida foydalaniladigan “Insert”, “FSMU”, “Assisment”, “Suqrot”, “SWOT-tahlil” metodlari talabalarga mavzuga oid bahsli, tortishuvli muammolarni o‘zaro fikrlashgan holda bayon etishga yordam bermoqda. Shuningdek, darslarda “Case-study” o‘qitish texnologiyasidan foydalanishi talabalarga havola etilgan amaliy muammoli vaziyatlarni mustaqil tahlil va hal etish, bunday amaliy vaziyatdagi faoliyat bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqishga imkon bermoqda. Bundan tashqari, dars o‘tish jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalari, audio, video va multimedia vositalaridan samarali foydalanilishi dars saviyasini oshishida ham muhim o‘rin tutmoqda.

Kontaktlar

Phone +998974503847 Email ffrasulova@mail.ru Telegram @ffrasulova Кабинет A423 Qabul kunlari Seshanba-Payshanba

O‘qituvchi ishlari

9 ish