Rasulov Otabek Abdulazizovich
Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari
Siyosiy fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD)
Biografiya
Siyosiy fanlar boʻyicha falsafa doktokri (PhD) Rasulov Otabek Abdulazizovich 1988-yilda Surxondaryo viloyati Boysun tumanida tug‘ilgan.
Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy.
2011-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik institutining bakalavriat bosqichini, 2017-yilda esa mazkur oliy ta’lim muassasasining magistratura bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan.
O.A. Rasulov o‘z mehnat faoliyatini ta’lim sohasida boshlab, Boysun qishloq xo‘jaligi va transport kasb-hunar kollejida “Milliy istiqlol g‘oyasi” fani o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritgan. Mazkur davrda yoshlarga ta’lim-tarbiya berish, ularda vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati va ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirish yo‘nalishida samarali ish olib borgan.
Keyinchalik Toshkent davlat yuridik universitetida Amaliyot, stajirovka va kasbiy o‘sishni monitoring qilish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab, talabalarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish hamda ta’lim jarayonini amaliyot bilan uzviy bog‘lash borasida faol ishtirok etgan.
Hozirgi kunda Otabek Abdulazizovich Rasulov O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib bormoqda. U o‘z faoliyati davomida talabalar bilan ishlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish, yoshlarni vatanparvarlik, mas’uliyat va tashabbuskorlik ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.
O.A. Rasulov mas’uliyatli, tashabbuskor va o‘z kasbiga sadoqatli mutaxassis sifatida ta’lim-tarbiya sohasida to‘plagan tajribasi bilan jamoada munosib o‘ringa ega.
Oilali, 1 nafar farzandi bor.
Shu kunga qadar O.A. Rasulovning 20 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari mavjud. Uning ilmiy ishlari nafaqat O‘zbekiston Respublikasidagi ilmiy nashrlarda, balki nufuzli xalqaro ilmiy jurnallar hamda ilmiy to‘plamlarda ham chop etilgan. Ilmiy faoliyatida asosiy e’tibor siyosatshunoslik, xalqaro munosabatlar, davlat boshqaruvi hamda jamiyatda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning dolzarb muammolarini ilmiy jihatdan o‘rganish va tahlil etishga qaratilgan.
Hozirgi kunda O.A. Rasulov O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakultetida Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib, fakultet talabalarining o‘quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy hamda jamoatchilik faoliyatini samarali tashkil etish, ularning qobiliyat va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yo‘lida munosib hissa qo‘shib kelmoqda.