Rasulov G‘ayrat Pardayevich
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi mudiri
Tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)
Biografiya
Rasulov Gayrat Pardayevich 1987-yilda tug‘ilgan.
Ma’lumoti oliy. 2011-yilda Termiz davlat universiteti bakalavriatini, 2013-yilda Termiz davlat universitetining magistratura bosqichini, 2020-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining magistratura bosqichini tugatgan.
2023-yilda Dissertatsiya himoyasi Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019. Tar.78.02 raqamli Ilmiy kengashda 07.00.01-O‘zbekiston tarixi ixtisosligi bo‘yicha Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan.
Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD Rasulov G‘ayrat Pardayevichning umumiy ish faoliyati 19 yil, ilmiy va pedagogik ish faoliyati 15 yil, jumladan, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasidagi mehnat faoliyati 7 yil.
Rasulov Gayrat Pardayevich 2011-2013 yillarda Termiz davlat universitetti qoshidagi Termiz akademik litseyida o’qituvchi,.
2013-2020 yillarda Termiz davlat unversitetida o‘qituvchi, bo‘lim boshlig‘i, dekan o‘rinbosari.
2020-2024 yillarda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida dekan o‘rinbosari, katta o‘qituvchi (o‘rindosh), bo‘lim boshlig‘i.
2024-yil sentyabr oyidan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Shu kunga qadar G‘.Rasulov 60 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi bo‘lib, ular qatorida 2 ta monografiya, 3 ta o‘quv qo‘llanma, 60 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar mavjud. Uning ishlari nafaqat O‘zbekiston, balki nufuzli xalqaro ilmiy jurnallar va to‘plamlarda ham chop etilgan. Ilmiy faoliyatida asosiy e’tibor iqtisodiy tahlil, islom iqtisodiyoti va moliyasi hamda turizm sohalaridagi dolzarb muammolarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan.
G‘.Rasulov pedagogik faoliyati davomida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, o‘qitish jarayoniga ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy etish, talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyati va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirgan. Uning darslari zamonaviy yondashuvlar va innovatsion metodlar asosida olib borilib, talabalarning nazariy bilimlari bilan bir qatorda, ularning amaliy tajribasini shakllantirishga qaratilgan.
Shu bilan birga, G‘.Rasulov xalqaro ta’lim va ilmiy loyihalar yo‘nalishida ham faoliyat yuritib, u qator xalqaro grant va hamkorlik loyihalarida milliy koordinator sifatida faol qatnashib, akademik mobillik, o‘quv dasturlarini modernizatsiya qilish va tajriba almashish platformalarini rivojlantirishga hissa qo‘shgan.
G‘.Rasulov ilmiy rahbar sifatida ham samarali faoliyat yuritib, uning rahbarligida bir qator magistrlik va bitiruv malakaviy ishlari muvaffaqiyatli himoya qilingan.