Kirish
Rashidova Shaxzoda Raimovna
O‘qituvchilarga qaytish O‘qituvchi profili

Rashidova Shaxzoda Raimovna

“Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi dotsent v.b.
Falsafa fanlari falsafa doktori PhD

Biografiya

Rashidova Shaxzoda Raimovna — yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ijtimoiy fanlar va huquq kafedrasi dotsenti v.b..

Shaxzoda Raimovna mehnat faoliyatini 2004-yilda o’rta maktabda laborant lavozimidan boshlagan. 2009–2010-yillarda Mikromoliyalashtirish tashkilotlari va kredit uyushmalari milliy Assotsiatsiyasida mutaxassis sifatida ishlagan. 2013–2018-yillar davomida umumta’lim maktabida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullangan. 2018–2020-yillarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazida bosh mutaxassis, 2020–2021-yillarda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutida kichik ilmiy xodim lavozimlarida samarali faoliyat yuritgan. 2007–2011-yillar — Toshkent islom universiteti talabasi bo’lgan. 2011–2013-yillar — Toshkent davlat yuridik instituti magistranti bo’lgan.

2022–2023-yillarda O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazida yetakchi ilmiy xodim sifatida ishlagan. 2023-yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq institutida DSc tadqiqotchisi sifatida ilmiy izlanishlarini davom ettirmoqda. 2024-yildan hozirgi kunga qadar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida dotsent v.b. lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Shaxzoda Rashidova huquqshunoslik va islom huquqi sohasidagi boy ilmiy-metodik meros muallifidir. Uning qalamiga mansub 2 ta monografiya (“An’analar va milliy qonunchilik: o‘tmish, bugun va kelajak” hamda “Sovremennoye islamskoye semeynoye pravo: ponyatiye, osobennosti i soderjaniye”), shuningdek, bir qator o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar (“Islom huquqi”, “O‘zbek oilasida shariat asoslari”) va 37ta ilmiy maqola chop etilgan. Uning ilmiy maqolalari nafaqat O‘zbekiston, balki nufuzli xalqaro ilmiy bazalar va jurnallarda nashr etilgan. Tadqiqotlarining asosiy yo‘nalishi — oila huquqi, islom huquqi, inson huquqlari va din sohasidagi davlat siyosatini ilmiy-nazariy tahlil qilishga qaratilgan.

Pedagogik va amaliy faoliyati bilan bir qatorda, Sh.Rashidova 2018-yildan buyon O‘zbekiston Hakamlik sudlari Assotsiatsiyasining hakami, 2020-yildan esa Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan professional mediator hisoblanadi. U o‘zining ilmiy salohiyati bilan jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, oila institutini mustahkamlash va huquqiy islohotlarni rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shib kelmoqda.

Shaxzoda Raimovna “Imom al-Buxoriy” nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori bo‘lib, ingliz, arab va rus tillarini mukammal darajada biladi.

Kontaktlar

O‘qituvchi ishlari

2 ish
Bu rubrikada hozircha ishlar yo‘q.
Bu rubrikada hozircha ishlar yo‘q.