Kirish
Rajabov Shuxratjon Sheraliyevich
O‘qituvchilarga qaytish O‘qituvchi profili

Rajabov Shuxratjon Sheraliyevich

Ijtimoiy fanlar va huquq kafedrasi dotsenti, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Biografiya

Rajabov Shuxratjon Sheraliyevich

Falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Rajabov Shuxratjon Sheraliyevich umumiy mehnat faoliyati davomida oliy ta’lim, ilm-fan va ilmiy-tadqiqot sohalarida samarali faoliyat yuritib kelmoqda.

Mehnat faoliyatini 2014–2016-yillarda Toshkent pedagogika kollejida huquq fani o‘qituvchisi sifatida boshlagan. Ushbu davrda yosh avlodni huquqiy va ma’naviy jihatdan tarbiyalash, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish hamda o‘quv-uslubiy faoliyatni takomillashtirish bo‘yicha faol ish olib borgan.

2016–2018-yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Etika va estetika mutaxasisligi magistranti.

2018–2019-yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Etika va estetika kafedrasida o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritgan. Shu bilan birga, 2018–2019-yillarda Taraqqiyot strategiyasi markazida katta ilmiy xodim sifatida “Davlat xizmatchisining etikasi va imijini shakllantirish” mavzusidagi innovatsion loyiha doirasida ilmiy tadqiqotlar olib borgan.

2020–2022-yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi mutaxasisligi tayanch doktoranti.

2023-yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Etika va estetika kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritib, falsafa, etika, estetika, notiqlik san’ati va kasb etikasi fanlaridan dars bergan. Ushbu davrda talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatiga rahbarlik qilgan, bitiruv malakaviy ishlari va ilmiy loyihalar bo‘yicha ilmiy maslahatlar bergan.

2023-yildan sentyabrdan buyon O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida faoliyat yuritib kelmoqda. Dastlab “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasida katta o‘qituvchi sifatida ishlagan bo‘lsa, 2024-yildan boshlab Akademiyaning “Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat yuritmoqda. U bakalavriat va magistratura bosqichlarida “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi”, “Notiqlik san’ati”, “Huquq falsafasi”, “Falsafa”, “Kasb etikasi” kabi fanlardan dars berib kelmoqda.

2024-yilda “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot institutida katta ilmiy xodim sifatida faoliyat yuritib, “Oilalarda barqaror ma’naviy muhitni shakllantirishga ko‘maklashuvchi “Oila qadriyatlarini mustahkamlash” veb-portalini yaratish” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyiha doirasida tadqiqotlar olib borgan.

2025-yildan hozirgacha Akademiyaning “Ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish milliy modelini yaratish” nomli ilmiy-amaliy loyihasi doirasida katta ilmiy hodium sifatida tadqiqotlar olib bormoqda.

Rajabov Shuxratjon Sheraliyevich 2023-yilda 09.00.02 – “Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (Estetika)” ixtisosligi bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Uning ilmiy tadqiqotlari asosan raqamli axborot makoni, kiberfmakon, axloq va estetika, ijtimoiy etosfera transformatsiyasi, yoshlarni kiberekstremizm tahdidlaridan himoya qilish, raqamli jamiyatning ma’naviy va axloqiy muammolariga bag‘ishlangan.

Shu kunga qadar Sh.Rajabov 70 dan ortiq ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlar muallifi hisoblanadi. Ular qatorida darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy maqolalar, xalqaro va respublika miqyosidagi konferensiya materiallari mavjud. Uning ilmiy ishlari O‘zbekiston bilan bir qatorda Hindiston, Germaniya va boshqa xorijiy davlatlarda nashr etilgan ilmiy jurnallar hamda konferensiya to‘plamlarida chop etilgan.

Sh.Rajabovning muallifligida va hammuallifligida “Notiqlik san’ati”, “Kasb etikasi”, “Siyosat falsafasi”, “Estetika izohli lug‘ati” kabi darslik va o‘quv qo‘llanmalar nashr etilgan. Ushbu asarlar oliy ta’lim muassasalari talabalarining nazariy bilimlarini mustahkamlash va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Pedagogik faoliyati davomida Sh.Rajabov talabalarni mustaqil fikrlashga, tanqidiy tahlil qilishga va ilmiy izlanish olib borishga yo‘naltirishga alohida e’tibor qaratib kelmoqda. Uning darslari zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interaktiv metodlar va innovatsion yondashuvlar asosida tashkil etilib, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Shu bilan birga, u ilmiy tadqiqotlar, xalqaro ilmiy hamkorlik, grant loyihalari hamda raqamli transformatsiya jarayonlariga oid ilmiy-amaliy ishlarda faol ishtirok etib, mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

O‘qituvchi ishlari

17 ish
12. Shuxrat Rajabov. SJIF. GLOBAL NETWORKS AND THE UNETHICAL INFLUENCE OF CYBERSPACE
12. Shuxrat Rajabov. SJIF. GLOBAL NETWORKS AND THE UNETHICAL INFLUENCE OF CYBERSPACE Rajabov Shuxratjon Sheraliyevich
0.00 UZ
13. Shuxrat Rajabov. THE IMPORTANCE OF CYBERSPACE TOOLS IN THE
13. Shuxrat Rajabov. THE IMPORTANCE OF CYBERSPACE TOOLS IN THE Rajabov Shuxratjon Sheraliyevich
0.00 UZ
14. Sh.Rajabov. NUUz konferensiya. 2024
14. Sh.Rajabov. NUUz konferensiya. 2024 Rajabov Shuxratjon Sheraliyevich
0.00 UZ
15. Rajabov Sh. Turkiy xalqlar. 2023
15. Rajabov Sh. Turkiy xalqlar. 2023 Rajabov Shuxratjon Sheraliyevich
0.00 UZ
16. Sh.Rajabov SIMPOZIUM 2024
16. Sh.Rajabov SIMPOZIUM 2024 Rajabov Shuxratjon Sheraliyevich
0.00 UZ
17. ТҮРКІ ХАЛЫҚТАРЫНЫҢ ФИЛОСОФИЯСЫ ‒ ҰЛТТЫҚ
17. ТҮРКІ ХАЛЫҚТАРЫНЫҢ ФИЛОСОФИЯСЫ ‒ ҰЛТТЫҚ Rajabov Shuxratjon Sheraliyevich
0.00 UZ
18. Radjabov S., Ravshanov F. Implementation of AI Based Algorithm
18. Radjabov S., Ravshanov F. Implementation of AI Based Algorithm Rajabov Shuxratjon Sheraliyevich
0.00 UZ
3. Radjabov, S. (2023). The Significance of the Means of Cyberspace in the Transformation of
3. Radjabov, S. (2023). The Significance of the Means of Cyberspace in the Transformation of Rajabov Shuxratjon Sheraliyevich
0.00 UZ
5. Sh.Rajabov. Ozbekiston-sud-ekspertizasi-2024-№1-12
5. Sh.Rajabov. Ozbekiston-sud-ekspertizasi-2024-№1-12 Rajabov Shuxratjon Sheraliyevich
0.00 UZ
6. Sh.Rajabov. BuxDU xabarlari 2023.
6. Sh.Rajabov. BuxDU xabarlari 2023. Rajabov Shuxratjon Sheraliyevich
0.00 UZ
7. Sh.Rajabov. O'zMU xabarlari 2024
7. Sh.Rajabov. O'zMU xabarlari 2024 Rajabov Shuxratjon Sheraliyevich
0.00 UZ
8. RAJABOV SH. SH. Denov taadbirkorlik 2024-yilcompressed
8. RAJABOV SH. SH. Denov taadbirkorlik 2024-yilcompressed Rajabov Shuxratjon Sheraliyevich
0.00 UZ
9. Sh.Rajabov. BuxDU xabarlari 2024
9. Sh.Rajabov. BuxDU xabarlari 2024 Rajabov Shuxratjon Sheraliyevich
0.00 UZ