Pulatov Javdat Abdujabbarovich
Din psixologiyasi va pedagogika kafedrasi dotsenti
Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori
Biografiya
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Pulatov Javdat Abdujabborovich umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha 18 yildan ortiq ish tajribasiga ega.
Mehnat faoliyatini 2007–2008-yillarda harbiy litsey psixologi sifatida boshlagan. 2008–2011-yillarda O‘zbekiston Milliy universiteti Psixologiya bo‘limi aspiranti sifatida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borgan. Shu bilan birga, 2010–2012-yillarda Toshkent moliya instituti Kasb ta’limi kafedrasida o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritgan.
2012–2015-yillarda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi sifatida ishlagan. 2015–2021-yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. 2021–2023-yillarda mazkur kafedrada dotsent vazifasini bajaruvchi sifatida, 2023–2025-yillarda esa dotsent lavozimida samarali mehnat qilgan. 2025-yildan buyon O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi Din psixologiyasi va pedagogika kafedrasi dotsenti sifatida faoliyat yuritmoqda.
2022-yil 1-iyundan boshlab “Oliy ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilarni kasbiy saralashning psixologik diagnostikasi tizimini ishlab chiqish” mavzusidagi innovatsion loyihada ilmiy xodim sifatida ishtirok etib, loyiha doirasida psixologik diagnostika va kasbiy saralash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirgan.
Pulatov Javdat Abdujabborovich 2007-yilda O‘zbekiston Milliy universitetini “Umumiy psixologiya va psixologiya tarixi” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2021-yilda pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan, 2023-yilda dotsent ilmiy unvoniga sazovor bo‘lgan.
Ilmiy-pedagogik faoliyati davomida psixologiya, pedagogika, ta’lim psixologiyasi, shaxs psixologiyasi va din psixologiyasi sohalarida samarali ilmiy izlanishlar olib bormoqda. U tomonidan “Eksperimental psixologiya” fanidan o‘quv qo‘llanma nashr etilgan bo‘lib, psixologiya va pedagogika fanlarining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ko‘plab ilmiy maqolalari respublika va xalqaro ilmiy jurnallar hamda to‘plamlarda chop etilgan. Shuningdek, u ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish, talabalarning mustaqil fikrlash va ilmiy-tadqiqot ko‘nikmalarini rivojlantirish, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash borasida samarali faoliyat olib bormoqda.