Kirish
O'.Jiyanov
O‘qituvchilarga qaytish O‘qituvchi profili

O'.Jiyanov

“Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi dotsenti v.b.

Biografiya

Dotsent v.b. Jiyanov Uktam Panjiyevich umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha 13 yillik ish tajribasiga ega.

Mehnat faoliyatini 2013–2017-yillarda Toshkent islom universiteti “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” kafedrasida metodist (o‘rindoshlik asosida o‘qituvchi-stajyor) sifatida boshlagan.

2017–2018-yillar davomida Toshkent islom universiteti “Fiqh, iqtisod va tabiiy fanlar” fakulteti dekani muovini lavozimida samarali faoliyat yuritgan.

2018-yildan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasida o‘qituvchi, katta o‘qituvchi lavzoimlarida, hozirgi kunda xuddi shu kafedrada dotsent vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelmoqda.

Shu kunga qadar U.Jiyanov 110 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi bo‘lib, ular qatorida 3 ta monografiya, 5 ta darslik, 5 ta o‘quv qo‘llanma, 90 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar mavjud. Uning ishlari nafaqat O‘zbekiston, balki nufuzli xalqaro ilmiy jurnallar va to‘plamlarda ham chop etilgan. Ilmiy faoliyatida asosiy e’tibor iqtisodiy tahlil hamda turizm sohalaridagi dolzarb muammolarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan.

U.Jiyanov pedagogik faoliyati davomida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, o‘qitish jarayoniga ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy etish, talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyati va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirgan. Uning darslari zamonaviy yondashuvlar va innovatsion metodlar asosida olib borilib, talabalarning nazariy bilimlari bilan bir qatorda, ularning amaliy tajribasini shakllantirishga qaratilgan.

Shu bilan birga, U.Jiyanov ilmiy rahbar sifatida ham samarali faoliyat yuritib kelmoqda, xususan, uning rahbarligida bir qator talabalar bitiruv malakaviy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilingan.

Kontaktlar

O‘qituvchi ishlari

13 ish