Nosorova Aziza Rustamovna
Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o'rganish UNESCO kafedrasi
tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)
Biografiya
Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent v.b. Nosirova Aziza Rustamovnaning umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha 24 yillik ish tajribasiga ega.
Mehnat faoliyatini 2006-2012 yy. - Toshkent viloyati Zangiota tumani 56-umumta’lim maktabi kutubxonachisi sifatida boshlagan. 2012-2016 yy. - Toshkent shahar Tursunxojaeva nomli tibbiyot kolleji axborot resurs markazi yetakchi mutaxassisi lavozimida ishlagan.
2017-2018 yy. - Toshkent islom universiteti ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi
ilmiy tadqiqot ishlari muhandisi lavozimida, - O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi ilmiy tadqiqot ishlari muhandisi sifatida samarali faoliyat yuritgan. 2019-2021 yy O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO kafedrasi tayanch doktoranti sifatida faoliyatini davom ettirgan.
2022-2024 yy - O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Dinshunoslik va jahon dinlariri qiyosiy o‘rganish UNESCO kafedrasi o‘qituvchisi lavozimlarida mehnat qilgan.
2024-2025 yy - O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO kafedrasi katta o‘qituvchisi sifatida faoliyat olib borgan.
2021–2025-yillar davomida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan.
2025 - yildan buyon O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO kafedrasi dotsenti v.b.
Shu kunga qadar A.Nosirova 50 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi bo‘lib, ular qatorida 1 ta monografiya, 3 ta o‘quv qo‘llanma, 50 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar mavjud. Uning ishlari nafaqat O‘zbekiston, balki nufuzli xalqaro ilmiy jurnallar va to‘plamlarda ham chop etilgan. Ilmiy faoliyatida asosiy e’tibor dinshunoslik, dunyo dinlari tarixi, din antropologiyasi, dinshunoslikni o‘qitish metodikasi yo‘nalishlaridagi dolzarb muammolarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan.
A.Nosirova pedagogik faoliyati davomida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, o‘qitish jarayoniga ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy etish, talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyati va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirgan. Uning darslari zamonaviy yondashuvlar va innovatsion metodlar asosida olib borilib, talabalarning nazariy bilimlari bilan bir qatorda, ularning amaliy tajribasini shakllantirishga qaratilgan.
Shu bilan birga, A.Nosirova xalqaro ta’lim va ilmiy loyihalar yo‘nalishida ham faoliyat yuritib, akademik mobillik, o‘quv dasturlarini modernizatsiya qilish va tajriba almashish platformalarini rivojlantirishga hissa qo‘shgan.
A.Nosirova ilmiy rahbar sifatida ham samarali faoliyat yuritib, uning rahbarligida bir qator bakalavr va magistrlik dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilingan.