Nizomiddinov
Filologiya va tarix fanlari doktori, “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi professori,
Biografiya
Filologiya va tarix fanlari doktori, professor Nizomiddinov Najmiddin G’ulomovich umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha 20 yillik ish tajribasiga ega.
Najmiddin Nizomiddinov 2013-yil «Bobur xalqaro mukofoti» va 2017-yil «Shuhrat medali» bilan mukofotlanib, 2022 yili Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining nishoni bilan taqdirlangan. U Toshkent Davlat universitetining talabasi sifatida 1969-1970 yillari Hindistonning La-khnau universitetida magistrlik boʻyicha tahsil olgach oʻz pedagogik faoliyatini boshlagan.
N.Nizomiddinov 1971-1991 yillar oraligʻida 12 yil Hindiston va Pokiston davlatlarida hind, urdu va ingliz tillari boʻyicha tarjimonlik vazifasini oʻtagan. Oʻtgan yillar jarayonida u shuningdek, «Brah-ma Kumaris World Spirintal University» filialida Raja yoga taʼlimoti va amaliyoti yuzasidan tahsil olgan.N.Nizomidddinov 1991 yildan to 2007 yilgacha Oʻz.FA Alisher Navoiy nomli Davlat adabiyot muzeyida yetakchi ilmiy xodim boʻlib ishlagan. U muzeydagi ilmiy faoliyati davrida 1994 yili filologiya fanlari nomzodi hamda 2002 yili filologiya fanlari doktori dissertatsiyasini himoya qilgan. Holbuki, N.Nizomiddinovning 2000-yili dotsentlik va 2022-yili olgan fan doktori attestatsiyalari, olim izlanishlarining yakuniy natijasi emasdi. Chunki uning 2024 yili tarix fani boʻyicha yoqlagan ikkinchi doktorlik dissertatsiyasi mavzusi zamirida har uch mintaqa xalqlari qadimgi tarixi, diniy va dunyoviy qadriyatlarini ilk bor yaxlit ilmiy muomalaga kiritilishi bilan yangi Oʻzbekistonning madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy hamkorligi rivojiga maʼnan xizmat qilishi bilan muhim. Sababi, dissertant taʼkidicha, xar bir xalqning qadimgi tarixi va diniy eʼtiqodi asosida shakllangan milliy mentalitetidan xabardor boʻlish, mantiqan oʻzaro hamkorlik muvaffaqiyatining amaliy garovidir. Uzoq yillar davomida shu ilmiy tashkilotda faoliyat ko‘rsatib, “XVI-XVIII asrlarda Hindiston turkiyzabon shoirlarining adabiy merosi” mavzuidagi nomzodlik (10.01.06 – “Xorijiy Osiyo va Afrika mamlakatlari xalqlari adabiyoti” ixtisosligi bo‘yicha) hamda “XVI-XIX asrlar Hindiston turkiyzabon adabiyoti” mavzuidagi doktorlik dissertatsiyalarini himoya qildilar. Mazkur mavzu ilmiy tahlili va tatqiqi yuzasidan oʻtgan 30 yil davomida dastlab 75dan ziyod maqolalar eʼlon qilinib, ularning ichida shuningdek, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Hindiston, Niderlandiya hamda AQSH-da ham maqolalari chop etilgan.
N.Nizametdinov adabiyot muzeyida ishlagan vaqtidan boshlab Hindiston turkiy tili va adabiyoti tadqiqoti bilan bir qatorda, yuqorida aytilgan Janubiy, Janubi-Sharqiy va Sharqiy Osiyo xalqlarining qadimgi tarixi, diniy eʼtiqodi va madaniyati mavzularida izchil ilmiy faoliyat olib borgan.
N.Nizomiddinov har uch mintaqaning yirik davlatlari – Hindiston, Xitoy, Malayziya, Afgʻoniston, Indoneziya, Koreya va Yaponiyaning qadim tarixi, diniy eʼtiqodi va madaniyatiga bagʻishlangan monografiyalar yaratgan. N.Nizomiddinov ilmiy faoliyatining keyingi davridagi natijalari, oʻzining oʻtgan yillarda mahalliy va xorijiy tillarda chop etilgan tarixiy, diniy va adabiy manbalar maʼlumotlari bilan boyitilib, (10 dan ortiq) nashr etilgan monografiyalari bilan xarakterli.
N.Nizomiddinov oʻzining pedagogik faoliyatida tarix, diniy eʼtiqod, madaniyat, sanʼatga doir mavzularda oʻquv qoʻllanmalar hamda darsliklar ham yaratgan.
N.Nizametdinovning ilmiy-ijodiy faoliyati xususida yana shuni ham taʼkidlash joizki, u Hindiston va Pokistonda ishlagan davrida hind, urdu va ingliz tillari tarjimoni sifatida bevosita tibbiyot sohasida ham xizmat qilgan. Shu bois u tibbiy muolajalar jarayonida toʻplangan tajriba hamda yoga va tasavvuf taʼlimotlarining nazariy va amaliy mashgʻuloti bilan shugʻullanishi natijasida bir necha tibbiy mavzudagi risolalarni yaratgan.
N.Nizomiddinov Toshkent xalqaro kinofestivallarida nafaqat Raj Kapurlar sulolasi, balki shuningdek, Amitabh Bachchan, Pran, Shabona Azmiy kabi mashhur kino yulduzlariga xizmat koʻrsatgan, balki u shuningdek, bevosita oʻzbek va hind kino sanʼat-korlari hamkorlikda yaratgan filmda ham ishtirok etgan.
Xulosa qilib aytganda, N.Nizomiddinov turli tashkilotlar va oliy oʻquv yurtlaridagi tadbirlarda oʻz qiziqarli maʼruzalari bilan qatnashib, ularning tashakkurnomalari bilan taqdirlangan. U oʻzi xizmat qilayotgan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasida oʻzining kamtarona va doʻstona muomala-munosabati bilan ajralib turadi.
Shu kunga qadar N.Nizomiddinov bir qancha ilmiy-uslubiy ishlar muallifi bo‘lib, ular qatorida 45 dan ortiq monografiya, 3 ta darslik va 100 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar mavjud. Uning ishlari nafaqat O‘zbekiston, balki nufuzli xalqaro ilmiy jurnallar va to‘plamlarda ham chop etilgan. Ilmiy faoliyatida asosiy e’tibor Hindiston, Xitoy, Malayziya, Afgʻoniston, Indoneziya, Koreya va Yaponiyaning qadim tarixi, diniy eʼtiqodi va madaniyatiga bagʻishlangan sohalaridagi dolzarb muammolarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan.
N.Nizomiddinov pedagogik faoliyati davomida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, o‘qitish jarayoniga ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy etish, talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyati va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirgan. Uning darslari zamonaviy yondashuvlar va innovatsion metodlar asosida olib borilib, talabalarning nazariy bilimlari bilan bir qatorda, ularning amaliy tajribasini shakllantirishga qaratilgan.
N.Nizomiddinov qator xalqaro grant va hamkorlik loyihalarida milliy koordinator sifatida faol qatnashib, akademik mobillik, o‘quv dasturlarini modernizatsiya qilish va tajriba almashish platformalarini rivojlantirishga hissa qo‘shgan. Ulardan 2021 yil 01 noyabrdan FZ-202002145 “Dinlar tarixi, ta’limoti, manbalari va an’analarini tadqiq etish asosida “Dunyo dinlari” elektron dasturi va mobil ilovasini yaratish” grand loyihasida yetakchi ilmiy hodim sifatida faoliyat ko’rsatgan.
N.Nizomiddinov ilmiy rahbar sifatida ham samarali faoliyat yuritib, uning rahbarligida O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Dinshunoslik va jahon dinlarni qiyosiy o’rganish UNESCO” kafedrasida talabalarga dars berish barobarida 20 dan ortiq doktorantlar va magistrantlarga rahbarlik qilib kelmoqda.