Kirish
Nazirov Muxtor Maxmudovich
O‘qituvchilarga qaytish O‘qituvchi profili

Nazirov Muxtor Maxmudovich

Xalqaro munosabatlar kafedrasi dotsenti
siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori

Biografiya

Siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Nazirov Muxtor Maxmudovich umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha 20 yildan ortiq ish tajribasiga ega.

2020-yildan buyon mehnat faoliyatini O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining xalqaro munosabatlar kafedrasida davom ettirmoqda.

Shu kunga qadar M.Nazirov 200 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi bo‘lib, ular qatorida 6 ta monografiya, 2 ta darslik, 3 ta o‘quv qo‘llanma, 200 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar mavjud. Uning ishlari nafaqat O‘zbekiston, balki nufuzli xalqaro ilmiy jurnallar va to‘plamlarda ham chop etilgan. Ilmiy faoliyatida asosiy e’tibor Markaziy Osiyo davlatlarida siyosiy jarayonlar, xalqaro siyosatning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan.

M.Nazirov pedagogik faoliyati davomida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, o‘qitish jarayoniga ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy etish, talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyati va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirgan. Uning darslari zamonaviy yondashuvlar va innovatsion metodlar asosida olib borilib, talabalarning nazariy bilimlari bilan bir qatorda, ularning amaliy tajribasini shakllantirishga qaratilgan.

Shuningdek, M.Nazirov xalqaro jurnallar tahrir hay’ati a’zosi. Ilmiy loyihalar yo‘nalishida samarali faoliyat yuritgan. Uning ilmiy rahbarligida bir qator magistrlik va doktorlik tadqiqotlari muvaffaqiyatli amalga oshirilgan.

Kontaktlar

O‘qituvchi ishlari

6 ish
Bu rubrikada hozircha ishlar yo‘q.
Bu rubrikada hozircha ishlar yo‘q.