Kirish
Nasimdjanova Maxsuma Madjidovna
O‘qituvchilarga qaytish O‘qituvchi profili

Nasimdjanova Maxsuma Madjidovna

Din psixologiyasi va pedagogika kafedrasi dotsenti
Psixologiya fanlari boʿyicha falsafa doktori

Biografiya

Psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Nasimdjanova Maxsuma Majidova umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha 13 yillik ish tajribasiga ega.

Mehnat faoliyatini 2013-2014 - yillarda Toshkent islom universiteti Psixologiya va falsafiy fanlar kafedrasi kabinet mudiri sifatida boshlagan. 2014-2018 - yillarda mazkur kafedrad oʻqituvchi-stajyori lavozimida ishlagan.

2018-2023 – yillarda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi Din psixologiyasi va pedagogika kafedrasi oʻqituvchisi lavozimida, 2023-2024 - yillarda Profi universiteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti v.b., 2024 - 2025 – yillarda O’zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi Din psixologiyasi va pedagogika kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchisi lavozimida, 2026 - va hozirgi vaqtgacha O’zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi Din psixologiyasi va pedagogika kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat yuritmoqda.

hu kunga qadar M. Nasimdjanova 150 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi bo‘lib, ular qatorida 1 ta monografiya, 3 ta o‘quv qo‘llanma, 130 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar mavjud. Uning ishlari nafaqat O‘zbekiston, balki nufuzli xalqaro ilmiy jurnallar va to‘plamlarda ham chop etilgan. Ilmiy faoliyatida asosiy e’tibor ijtimoiy psixologiya, etnopsixologiya hamda madaniy antropologiya sohalaridagi dolzarb muammolarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan.

M. Nasimdjanova pedagogik faoliyati davomida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, o‘qitish jarayoniga ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy etish, talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyati va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirgan. Uning darslari zamonaviy yondashuvlar va innovatsion metodlar asosida olib borilib, talabalarning nazariy bilimlari bilan bir qatorda, ularning amaliy tajribasini shakllantirishga qaratilgan.

M. Nasimdjanova ilmiy rahbar sifatida ham samarali faoliyat yuritib, uning rahbarligida bir qator magistrlik dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilingan.

Kontaktlar

O‘qituvchi ishlari

10 ish