Muxamedov Nematullo Asatullayevich
“Islom tarixi va manbashunosligi
IRCICA” kafedrasi professori
Tarix fanlari doktori (DSc)
Biografiya
Professor Ne’matullo Asatullayevich Muhamedovning tarjimai holi va akademik profili
Tarix fanlari doktori, professor Ne’matullo Asatullayevich Muhamedov (1970-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan) — Shosh (Toshkent) vohasining o‘rta asr olimlari faoliyati va ilmiy merosini islom ilmlari taraqqiyoti kontekstida o‘rganish sohasidagi yetakchi olimlardan biridir. U 1997-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik institutining arab filologiyasi fakultetini tamomlagan.
Akademik faoliyati va ilmiy darajalari
- 2005-yil — “Shosh olimlarining islom ilmlari rivojidagi o‘rni (X–XII asrlar)” mavzusidagi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan (ilmiy rahbar — filologiya fanlari doktori, professor Zohidjon Islomov).
- 2019-yil — “Shosh vohasi olimlarining o‘rta asrlarda islom madaniyati va ilmi rivojiga qo‘shgan hissasi” mavzusidagi dissertatsiyasini himoya qilib, fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga sazovor bo‘lgan.
- 2024-yil — “Islom tarixi va manbashunosligi” ixtisosligi bo‘yicha professor ilmiy unvoni berilgan.
Lavozimlari va kasbiy faoliyati
Professor Muhamedov ko‘p yillik va serqirra mehnat faoliyatiga ega.
- 1991–2004-yillarda mamlakatning yetakchi nashrlarida faoliyat yuritib, jumladan, “Toshkent haftaligi” gazetasida muharrir lavozimida ishlagan.
- 2004–2006-yillarda “Toshkent islom universiteti” nashriyot-matbaa birlashmasiga rahbarlik qilgan.
- 2008–2013-yillarda UNESCOning Jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish va dinshunoslik kafedrasi mudiri bo‘lib ishlagan.
- 2015–2017-yillarda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qo‘lyozmalari markazi direktori hamda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti prorektori lavozimlarida faoliyat yuritgan.
- 2020–2024-yillarda IRCICA kafedrasi mudiri bo‘lgan.
- Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Xalqaro islomshunoslik akademiyasi professori sifatida faoliyat olib bormoqda.
Ilmiy faoliyati
Professor Muhamedov 200 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi hisoblanadi. Ularning tarkibiga 10 dan ziyod monografiya va o‘quv qo‘llanmalar, shuningdek, 140 ga yaqin ilmiy maqolalar kiradi.
Davlat va jamoat mukofotlari
- 2009-yil — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.
- 2020–2024-yillarda Toshkent shahar Shayxontohur tumani xalq deputatlari Kengashi deputati etib saylangan.