Kirish
Mustafayev Doston Shuxratovich
O‘qituvchilarga qaytish O‘qituvchi profili

Mustafayev Doston Shuxratovich

Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish kafedrasi o‘qituvchisi
tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori

Biografiya

Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, o‘qituvchi Mustafayev Doston Shuxratovich umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha 10 yillik ish tajribasiga ega.

Mehnat faoliyatini 2017–2018-yillarda Toshkent islom universiteti Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazida tajriba orttiruvchi tadqiqotchi sifatida boshlagan.

2018–2020-yillar davomida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Dinshunoslik ekspertizasi bo‘limi kichik mutaxassis lavozimida ishlagan.

2020–2023-yillarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tayanch doktoranti.

2020–2026-yillarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi sifatida faoliyat olib borgan.

2025-yildan buyon O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Shu kunga qadar D.Mustafoyev 20 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi bo‘lib, ular qatorida 2 ta monografiya, 20 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar mavjud. Uning ishlari nafaqat O‘zbekiston, balki nufuzli xalqaro ilmiy jurnallar va to‘plamlarda ham chop etilgan. Ilmiy faoliyatida asosiy e’tibor qur’onshunoslik, tasavvuf va mantiq sohalaridagi tadqiqotlarga qaratilgan.

D.Mustafayev pedagogik faoliyati davomida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, o‘qitish jarayoniga ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy etish, talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyati va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirgan. Uning darslari zamonaviy yondashuvlar va innovatsion metodlar asosida olib borilib, talabalarning nazariy bilimlari bilan bir qatorda, ularning amaliy tajribasini shakllantirishga qaratilgan.

Kontaktlar

Phone +99890 992 15 70 Email burhon9192@gmail.com Telegram @hanafiy3636 Кабинет 128 Qabul kunlari Dushanba-Chorshanba

O‘qituvchi ishlari

9 ish
Bu rubrikada hozircha ishlar yo‘q.