Muminova Dilshoda Abduvahitovna
O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi dotsenti
filologiya fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD)
Biografiya
Kasbiy faoliyat
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Muminova Dilshodaxon Abduvahitovna umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha 21 yillik ish tajribasiga ega.
Mehnat faoliyatini 2005-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik institutida ingliz tili o‘qituvchisi sifatida boshlagan. 2011–2019-yillarda Toshkent kimyo-texnologiya instituti tillar (keyinchalik xorijiy tillar) kafedrasida o‘qituvchi va katta o‘qituvchi lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2019-yildan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi chet tillari kafedrasi katta o‘qituvchisi sifatida ish boshlagan. 2023–2024-yillarda ushbu kafedrada dotsent vazifasini bajaruvchi, 2024-yildan boshlab esa O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi o‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Ilmiy-pedagogik faoliyati davomida ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish, chet tillarini o‘qitish metodikasini takomillashtirish hamda talabalarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish yo‘nalishlarida samarali ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
D.A. Muminova tomonidan yakka mualliflikda 2 ta darslik, 1 ta monografiya va 2 ta o‘quv qo‘llanma nashr etilgan. Shuningdek, 1 ta o‘quv qo‘llanma va 1 ta darslik hammualliflikda tayyorlangan.
U xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalar tomonidan tashkil etiladigan seminar, trening va xalqaro konferensiyalarda muntazam ishtirok etib, kasbiy malakasini izchil oshirib kelmoqda. Jumladan, 2020-yilda Chexiya Respublikasining Brno shahrida Erasmus+ dasturi doirasida tashkil etilgan “Presentation Skills” seminarida qatnashgan. 2023-yilda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida o‘tkazilgan “TESOL Arabia 2023” xalqaro konferensiyasida “Using newspaper materials in ESL Classes” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etgan. 2024-yilda Turkiyaning Bursa Ulug‘dag‘ universiteti tomonidan tashkil etilgan ilmiy-seminarda Ilohiyat fakulteti talabalari hamda professor-o‘qituvchilari uchun “Islomshunoslikka oid terminlarning ingliz tilidagi istilohiy qoʼllanilishi” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. 2025-yilda QS top universitetlar reytingida 434-o‘rinni egallagan Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja universitetida o‘tkazilgan “Sun’iy intellekt taraqqiyoti va ta’lim kelajagi” mavzusidagi 29-xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada “Ingliz tili darslarida autentik materiallardan foydalanish” mavzusida ma’ruza bilan ishtirok etdi. Ilmiy faoliyati davomida 60 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar nashr ettirgan. Uning ilmiy ishlari xalqaro ilmiy hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan bo‘lib, Google Scholar platformasida h-indeksi 4, i10-indeksi 3, umumiy iqtiboslar soni 77 tani tashkil etadi.
D.A. Muminova jamoatchilik ishlarida ham faol ishtirok etib kelmoqda. Xususan, 2023-yildan buyon Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti “Yosh olimlar minbari” klubi rahbari sifatida samarali faoliyat yuritmoqda.
Ingliz va rus tillarini mukammal biladi.
Oilali. Bir nafar farzandi bor.
Kontaktlar
Kontakt ma’lumotlari hali qo‘shilmagan.