M.Soxibova
“Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi
Biografiya
Soxibova Muslimaxon Xolmatjon qizi oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida shakllanayotgan yosh mutaxassis, istiqbolli tadqiqotchi hisoblanadi.
Mehnat faoliyatini 2025-yildan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasida stajyor-o‘qituvchi sifatida boshlagan va hozirda mazkur kafedrada o‘z faoliyatini muvaffaqiyatli davom ettirmoqda.
Soxibova Muslimaxon yosh bo‘lishiga qaramay, ilmiy-pedagogik faoliyatga zamonaviy yondashuvlar va yangicha intilishlar bilan qadam qo‘ygan. Kafedradagi faoliyati davomida talabalarga zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida dars o‘tish, ularning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda o‘quv jarayonlarini tashkil etishda faol ishtirok etib kelmoqda. Xususan, talabalar uchun amaliy yo‘naltirilgan va qiziqarli dars mashg‘ulotlarini tashkil etishga alohida e'tibor qaratmoqda.
Hozirgi kunda u pedagogik faoliyat bilan bir qatorda mustaqil ilmiy izlanishlarni ham olib bormoqda. Uning ilmiy tadqiqotlaridagi asosiy e’tibor O‘zbekistonda ziyorat turizmi resurslaridan foydalanish mexanizmini takomillashtirish hamda turizm sohasida resurslarni optimallashtirish masalalariga qaratilgan. Ushbu yo‘nalishda olib borayotgan tadqiqot ishlari mamlakatimiz turizm salohiyatini oshirish va iqtisodiy mexanizmlarni shakllantirishda dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Tadqiqotchi o‘z ilmiy izlanishlari natijalari bilan respublika va xalqaro miqyosdagi nufuzli ilmiy-amaliy konferensiyalarda, shuningdek, xalqaro ilmiy jurnallarda maqola va tezislari bilan faol ishtirok etib kelmoqda.
Soxibova Muslimaxon o‘z ustida doimiy ishlaydigan, xalqaro tajribalarni o‘rganishga intiluvchan hamda kelajakda iqtisodiyot va turizm sohasida yuqori malakali mutaxassis va yetuk olim bo‘lib yetishishni maqsad qilgan intizomli va tashabbuskor yosh kadrlardan biridir.