Kirish
M.Ishanxanova
O‘qituvchilarga qaytish O‘qituvchi profili

M.Ishanxanova

Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), O‘zbekiston xalqaro islomshunislik akademiyasi Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti “аl-Azhar” arab tili va adabiyoti kafedrasi dotsent vazifasi bajaruvchisi

Biografiya

Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), O‘zbekiston xalqaro islomshunislik akademiyasi Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti “аl-Azhar” arab tili va adabiyoti kafedrasi dotsent vazifasi bajaruvchisi Ishanvanova Muxlisabonu Turgunovna umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha 26 yillik ish tajribasiga ega.

  • Ishanxanova 1979-yil Toshkent shahrida ziyolilar oilasida tug‘ilgan. U 1997-2001 yillar mobaynida Toshkent davlat sharqshunoslik institutining “Sharq filologiyasi (Arab tili va adabiyoti)” mutaxassisligi bo‘yicha bakalavr bosqichida, 2001-2003 yillar davomida “Islomshunoslik” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura bosqichida tahsil oldi. 2003-2007 yillar mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Beruniy nomidagi Sharqshunoslik Instituti aspirantura bosqichida ta’lim oldi.

M.Ishanxanova mehnat faoliyatini 2000-yili Toshkent shahri O‘zteleradiokampaniyasi Xorijiy radio eshittirishlar boshqarmasi “Sharq” bosh muxarriyati suxandoni lavozimi bilan boshladi. 2008 yildan 2019 yilgacha Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qoshidagi Olmazor akademik litseyining arab tili fani o‘qituvchisi sifatida ish yuritdi. 2019 yildan hozirgi kunga qadar O‘zbkiston xalqaro islom akdemiyasida arab tili fani katta o‘qituvchisi lavozimida faoliyat olib bormoqda.

2024-yil yanvar oyidan TDShUning “Arab filologiyasi” kafedrasining 10.00.05. – “Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti” ixtisosligi bo‘yicha mustaqil tadqiqotchisi sifatida qabul qilindi. Arab tilidan C1 (CEFR) darajasiga ega. M.Ishanxanova tomonidan “Arab tili amaliy kursi” nomli amaliy o‘quv qo ‘llanma (hammualliflikda) nashr etilgan.

2025-yil M.Ishanxanova filologiya fanlari doktori, professor Shomusarov Shorustam G‘iyasovich rahbarligida “XVIII asr arab grammatikasiga oid asarning xususiyatlari (Ibn Farhatning “Bahth аl-matālib wа hаss аl-tālib” asari misolida)” mavzusidagi dissertasiyani Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida himoya qildi. Shu kunga qadar M.Ishanxanova 20dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi bo‘lib, ular qatorida 1ta monografiya, 1ta o‘quv qo‘llanma, 2ta uslubiy qo‘llanma, 20dan ortiq ilmiy maqola va tezislar mavjud. Uning ishlari nafaqat O‘zbekiston, balki nufuzli xalqaro ilmiy jurnallar va to‘plamlarda ham chop etilgan.

M.Ishanxanova pedagogik faoliyati davomida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, o‘qitish jarayoniga ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy etish, talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyati va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirgan. Uning darslari zamonaviy yondashuvlar va innovatsion metodlar asosida olib borilib, talabalarning nazariy bilimlari bilan bir qatorda, ularning amaliy tajribasini shakllantirishga qaratilgan.

M.Ishanxanova ilmiy rahbar sifatida ham samarali faoliyat yuritib, uning rahbarligida bir qator bakalavr bitiruv ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilingan.

O‘qituvchi ishlari

18 ish