Mirodil Mirvaxidovich Xaydarov
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi dosenti, (PhD)
Biografiya
M.Xaydarov – O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi dosenti, (PhD) – umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha 23 yillik ish tajribasiga ega.
Mehnat faoliyatini 2002-2003 yy. - Toshkent shahar, Uchtepa tumani “Orom” maktabi tarix fani o’qituvchisi sifatida boshlagan.
2004–2017-yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning turli bo‘limlarida faoliyat yuritgan. Jumladan, 2004-2009 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita masjidlar bilan ishlash bo‘limi I-toifali mutaxassisi, bosh mutaxassisi, 2009-2010 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita diniy ta’lim bo‘limi bosh mutaxassisi, 2010-2014 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita konfessiyalar ishlari kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi, 2014-2015 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita diniy ta’lim bo‘limi bosh mutaxassisi, 2015-2017 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita umumiy bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimlarida ishlagan.
2017-2019 yy. – Rossiya Federasiyasining Tatariston Respublikasidagi Bulg‘or islom akademiyasi doktoranti, 2019-2020 yy. – OOO Zamin Mexanizatsiya yuristkonsultanti, 2020-2020 yy. – O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islomshunoslik fakulteti dekani o‘rinbosari, 2021-2024 yy. – O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizasiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi mudiri, 2024-2024 yy. – O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizasiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi dosenti, 2024 y. - h.v. – O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi dosenti lavozimida ishlab kelmoqda.
Shu kunga qadar M.Xaydarov 30 dan ortiq mahalliy, 20 dan ortiq xorijiy ilmiy jurnallarda maqolalar chop etgan, arab tilida 2 ta monografiya, 2 ta darslik, 6 ta o‘quv qo‘llanma, 20 dan ortiq ilmiy tezislar mavjud. Uning ishlari nafaqat O‘zbekiston, balki nufuzli xalqaro ilmiy jurnallar va to‘plamlarda ham chop etilgan. Ilmiy faoliyatida asosiy e’tibor islomda oila huquqi, zamonaviy masalalar bo‘yicha fatvolar tahlili, islom moliyasi sohalaridagi dolzarb muammolarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan.
M.Xaydarov pedagogik faoliyati davomida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, o‘qitish jarayoniga ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy etish, talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyati va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirgan. Uning darslari zamonaviy yondashuvlar va innovatsion metodlar asosida olib borilib, talabalarning nazariy bilimlari bilan bir qatorda, ularning amaliy tajribasini shakllantirishga qaratilgan.
Shu bilan birga, M.Xaydarov xalqaro ilmiy grant va hamkorlik loyihalarida ham faoliyat yuritgan. Jumladan, 2021-2022-yillarda BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) bilan hamkorlikda “Islomda gender tenglikning o‘ziga xos tamoyillari” nomli qo’llanmani nashrga tayyorlashda O‘zbekistondagi maslahatchisi sifatida xalqaro grant loyihasida ishtirok etgan.
Shuningdek, 2022-2023 yillarda “as-Sihoh as-sitta” to’plamlari asosida “40 hadis” nomli 6 ta xalqchil risola hamda ularning multimedia dasturi va mobil ilovasini yaratish” nomli mahalliy grand loyihasi asosida yetakchi ilmiy xodim sifatida ishlagan.
M.Xaydarov ilmiy rahbar sifatida ham samarali faoliyat yuritib, uning rahbarligida bir qator bakalavr, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilingan.