Kirish
Maxmasobirova Feruza Uktam qizi
O‘qituvchilarga qaytish O‘qituvchi profili

Maxmasobirova Feruza Uktam qizi

Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA kafedrasi stajyor o‘qituvchisi

Biografiya

Maxmasobirova Feruza Uktam qizi — tarixchi va islomshunos-manbashunos. Hozirgi kunda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining "Islom tarixi va manbashunosligi – IRCICA" kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi hamda Fransiyaning Eks-Marsel universiteti (Aix-Marseille Université) "Ecole Doctorale Espaces, Cultures, Sociétés" doktorantura maktabi doktoranti (PhD bosqichi).
Oliy ta’limning bakalavriat bosqichini Toshkent islom universitetida (2018) tamomlagan. So‘ngra O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi (2021) va Eks-Marsel universitetida (2020) magistratura darajasini olgan. Muzeyshunoslik va madaniy meros yo‘nalishida tajriba oshirish maqsadida 2023-yilning oktyabr-dekabr oylarida Luvr muzeyining (Musée du Louvre) "Islom san’ati" bo‘limida ilmiy amaliyot o‘tagan.
Tadqiqotchining ilmiy qiziqishlari doirasiga Markaziy Osiyo tarixi, islom sivilizatsiyasi, madaniy meros obidalari va manbashunoslik masalalari kiradi. Hozirda u "VIII–XIII asrlarda Termiz shahrining tarixi" mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda. Mazkur tadqiqot o‘rta asrlarda Termiz shahrining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlardagi o‘rnini birlamchi manbalar asosida o‘rganishga qaratilgan. F. Maxmasobirova o‘z tadqiqot natijalari bilan Fransiya, Italiya va Vengriyada o‘tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda ma’ruzalar qilgan.
Mehnat faoliyati davomida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining Ilmiy tadqiqotlar bo‘limida (2018–2019 yy.) hamda Muzey va eksponatlar ilmiy bo‘limida (2025-yil may–sentyabr) kichik ilmiy xodim lavozimlarida ishlagan. 2025-yilning 8-sentyabridan buyon O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida pedagogik faoliyat ko‘rsatmoqda. Ilmiy tadqiqot jarayonida fransuz, ingliz va rus tillaridan akademik darajada, arab, fors va turk tillaridan esa manbalar bilan ishlash darajasida foydalanadi.

O‘qituvchi ishlari

3 ish
Bu rubrikada hozircha ishlar yo‘q.
Bu rubrikada hozircha ishlar yo‘q.