Kirish
Maxkamov Anvarjon Abdujabborovich
O‘qituvchilarga qaytish O‘qituvchi profili

Maxkamov Anvarjon Abdujabborovich

Maxkamov Anvarjon Abdujabborovich
“Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi dotsenti PhD

Biografiya

PhD, dotsent Maxkamov Anvarjon Abdujabborovich umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha 21 yillik ish tajribasiga ega.

Mehnat faoliyatini 2005–2007-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi informatika instituti stajyor-tadqiqotchisi sifatida boshlagan.

2008-2011 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi matematika va informatsion texnologiyalar instituti aspiranti.

2012-2018 yillarda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti xuzuridagi dasturiy maxsulotlar va apparat-dasturiy majmualar yaratish markazi kichik ilmiy xodimi lavozimlarida ishlagan.

2018-2022 yillarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kafedrasi katta o‘qituvchisi sifatida faoliyat olib borgan.

2022-2023 yillarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kafedrasi dosent vazifasini bajaruvchisi lavozimlarida ishlagan.

2023-yildan buyon O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kafedrasi dosenti lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Shu kunga qadar A.A.Maxkamov 100 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi bo‘lib, ular qatorida 2 ta monografiya, 3 ta darslik, 4 ta o‘quv qo‘llanma, 100 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar mavjud. Uning ishlari nafaqat O‘zbekiston, balki nufuzli xalqaro ilmiy jurnallar va to‘plamlarda ham chop etilgan. Ilmiy faoliyatida asosiy biometrik tizimlarda tasvirlarga dastlabki ishlov berish, xarakterlovchi belgilarini ajratish va tanib olish tizimlari sohalaridagi dolzarb muammolarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan.

A.A.Maxkamov pedagogik faoliyati davomida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, o‘qitish jarayoniga ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy etish, talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyati va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirgan. Uning darslari zamonaviy yondashuvlar va innovatsion metodlar asosida olib borilib, talabalarning nazariy bilimlari bilan bir qatorda, ularning amaliy tajribasini shakllantirishga qaratilgan.

Shu bilan birga, A.A.Jumayev dasturlash bo‘yicha xalqaro va respublika miqyosidagi musobaqalarda, jumladan, Xalqaro Collegiate Programming Contest (ICPC) hamda Respublika fan olimpiadalarida talabalar bilan faol ishtirok etib, ularning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda yuqori natijalarga erishishlariga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

A.A.Maxkamov ilmiy rahbar sifatida ham samarali faoliyat yuritib, uning rahbarligida bir qator bakalavrlik va magistrlik dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilingan.

Kontaktlar

Phone +998 97 442 81 04 Email mahkamovanvar2020@gmail.com Telegram https://t.me/anvarjonmaxkamov Кабинет 223 Qabul kunlari har kuni

O‘qituvchi ishlari

25 ish