Kirish
Maxamadxodjaev Baxromxodja Xasanxodjaevich
O‘qituvchilarga qaytish O‘qituvchi profili

Maxamadxodjaev Baxromxodja Xasanxodjaevich

Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi katta o‘qituvchisi

Biografiya

“Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Maxamadxodjayev Baxromxo‘ja Xasanxodjayevich umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha 19 yillik ish tajribasiga ega.

Mehnat faoliyatini 2002-2009 yillarda O‘zbekiston Milliy bankida boshlab, 2-toifali mutaxassisdan sektor mudirigacha b‘olgan lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2009-2011 yillarda Toshkent davlat sharqshunoslik institutida magistraturada tahsil olgan. 2012-2013 yillarda “Humo Invest” MChJ da direktor o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 2015-2017 yillarda “Alfa Invest” MChj sug‘urta tashkiloti “Nizolarni bartaraf etish” departamenti menejeri lavozimida faoliyat yuritgan.

2018 yil mart-iyun oylarida Toshkent islom universitetti qoshidagi akademik litseyida o‘qituvchi lavozimida, 2018 yil sentabr oyidan 2020 yil avgust oyigacha O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Sharq filologiyasi” kafedrasi (2019 yil may oyidan Arab tili va adabiyoti al-Azhar kafedrasi) o‘qituvchi-stajor lavozimida, 2020 yil sentabr oyidan 2021 yil yanvar oyigacha O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Аrab tili va adabiyoti al-Аzhar” kafedrasi o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritgan. 2022 yil yanvar oyidan iyun oyigacha “Oriental Universiteti” NTM MChJ Tillar-1 kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida ishlagan.

2022–2024-yillarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Аrab tili va adabiyoti al-Аzhar” kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida mehnat qilgan.

2024 yildan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Аrab tili va adabiyoti al-Аzhar” kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.

Shu kunga qadar B.Maxamadxodjayev 60 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi bo‘lib, ular qatorida 3 ta o‘quv qo‘llanma, 50 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar mavjud. Uning ishlari nafaqat O‘zbekiston, balki nufuzli xalqaro ilmiy jurnallar va to‘plamlarda ham chop etilgan. Ilmiy faoliyatida asosiy e’tibor lingvistik tahlil, islom tarixi va manbashunosligi va boshqa bir qator sohalardagi dolzarb muammolarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan.

B.Maxamadxodjayev pedagogik faoliyati davomida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, o‘qitish jarayoniga ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy etish, talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyati va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirgan. Uning darslari zamonaviy yondashuvlar va innovatsion metodlar asosida olib borilib, talabalarning nazariy bilimlari bilan bir qatorda, ularning amaliy tajribasini shakllantirishga qaratilgan.

Shu bilan birga, B.Maxamadxodjayev xalqaro ta’lim muassalarida malaka oshirgan. B.Maxamadxodjayev ilmiy rahbar sifatida ham samarali faoliyat yuritib, uning rahbarligida bir qator bakalavr bitiruv malakaviy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilingan.

Kontaktlar

Phone +99890 906 97 66 Email b.maxamadxodjaev@iiau.uz, masdaruzb@gmail.com Telegram @BM0580 Кабинет 242 Qabul kunlari Dushanba-Shanba

O‘qituvchi ishlari

0 ish
Bu rubrikada hozircha ishlar yo‘q.
Bu rubrikada hozircha ishlar yo‘q.
Bu rubrikada hozircha ishlar yo‘q.