Madaeyva Mu'tabar Omanullaevna
Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi dotsent v.b. (PhD)
Biografiya
“Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchisi Madayeva Mu’tabarxon Amanullayevna umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha 23 yillik ish tajribasiga ega.
Mehnat faoliyatida 2003-yil Toshkent davlat sharqshunoslik instituti arab tili kafedrasi o‘qituvchisi, 2003-2021 yillar davomida Birlashgan Arab Amirliklari Vitse premyer-ministri, Ichki Ishlar Vaziri Shayx Seyf Bin Zayd Al Nahyan Janobi Oliylarining O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonasi xodimi bo‘lib ishlagan.
Shuningdek, 2021-2024 yillarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Arab tili va adabiyoti al-Azhar kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida mehnat qilgan. 2024-2025 yillarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Arab tili va adabiyoti al-Azhar kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida ishlagan. 2025-yildan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Arab tili va adabiyoti al-Azhar kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.
Shu kunga qadar M.Madayeva 30 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi bo‘lib, ular qatorida 1ta ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta darslik (hammualliflikda), 1 ta monografiya va 30 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi. Uning ishlari nafaqat O‘zbekiston, balki nufuzli xalqaro ilmiy jurnallar va to‘plamlarda ham chop etilgan. Ilmiy faoliyatida asosiy e’tibor Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy asarlaridagi arabcha so‘zlarning semantic tahlili, arab va o‘zbek maqollarining o‘ziga xos xususiyatlari, sotsiolingvistika va boshqa bir qator sohalardagi dolzarb muammolarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan.
M.Madayeva pedagogik faoliyati davomida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, o‘qitish jarayoniga ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy etish, talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyati va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirgan. Uning darslari zamonaviy yondashuvlar va innovatsion metodlar asosida olib borilib, talabalarning nazariy bilimlari bilan bir qatorda, ularning amaliy tajribasini shakllantirishga qaratilgan.
Shu bilan birga, M.Madayeva xalqaro ta’lim muassalarida malaka oshirgan, shu bilan birga, ilmiy rahbar sifatida ham samarali faoliyat yuritib, uning rahbarligida bir qator bakalavr bitiruv malakaviy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilingan.