Kirish
Lutfullayeva Durdona Esonovna
O‘qituvchilarga qaytish O‘qituvchi profili

Lutfullayeva Durdona Esonovna

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi professori
Filologiya fanlari doktori

Biografiya

LUTFULLAYEVA DURDONA ESONOVNA

Filologiya fanlari doktori, professor

Durdona Lutfullayeva 1965-yil 17-dekabrda Toshkent shahrida, ziyoli oilasida tavallud topdi. Uning otasi (O‘zbekiston xalq hofizi Eson Lutfullayev) farzandlari ruhiyatiga mumtoz san’at, xalq og‘zaki ijodi, ona tili, milliy qadriyatlarga kuchli muhabbatni singdirib ulg‘aytirdi.

D.Lutfullayeva o‘rta maktabni bitirgach, 1983-1988-yillarda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)ning o‘zbek filologiyasi fakultetida o‘qidi. 1991-1994- yillarda shu universitetda tilshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha aspiranturada ta’lim oldi.

U mehnat faoliyatini 1988-yili Toshkent viloyat davlat pedagogika institutida O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasida oʻqituvchi lavozimida ishlashdan boshladi. Umumiy mehnat staji 37 yil.

1994-yili aspiranturani tugatib, mehnat faoliyatini Toshkent viloyat davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va o‘qitish uslubiyoti kafedrasida o‘qituvchi lavozimida davom ettirdi.

D.Lutfullayeva 1997-yil 28-noyabrda O‘zR FA Tilshunoslik institutida dissertatsiyalar himoyalari bo‘yicha tashkil etilgan Birlashgan ixtisoslashtirilgan kengashda professor K.Nazarov rahbarligida “Tasdiq gaplarda inkor va shakliy-mazmuniy nomuvofiqlik” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.

2006-yil 29-dekabrda esa professor A.Nurmonov rahbarligida “Gapning semantik-sintaktik qurilish qolipi va propozitiv strukturasi o‘rtasidagi munosabat” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

D.Lutfullayeva 1997-1999-yillar davomida Toshkent viloyat davlat pedagogika instituti Til va uni o‘qitish metodikasi kafedrasida katta o‘qituvchi, 1999/2000-o‘quv yilida shu kafedraning mudiri, keyinchalik kafedra dotsenti lavozimlarida ishladi. 2010-yildan boshlab shu jamoada kafedra professori lavozimida faoliyat olib bordi.

Olima 2014-2016-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasida professor lavozimida ishladi. 2016-2018-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasida professor lavozimida faoliyat olib bordi.

2018-2024-o‘quv yillari davomida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida O‘zbek va mumtoz sharq adabiyoti kafedrasida, 2024-yildan O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasida professor lavozimida ishlamoqda.

D.Lutfullayeva nafaqat kasbiy, balki ilmiy yo‘nalishda ham iqtidori, salohiyatini namoyon qilib kelmoqda. Uning shu kunga qadar matbuotda 200dan ortiq ilmiy ishlari e’lon qilindi. Jumladan, 11 ta monografiyasi, 4 ta o‘quv qo‘llanmasi, 10 dan ortiq uslubiy qo‘llanmalari nashr etilgan, U ko‘zi ojiz talabalarga mo‘ljallangan 20 dan ortiq tilshunoslik fanlari bo‘yicha audiokitoblarni yaratishda ishtirok etgan.

D.Lutfullayevaning ilmiy faoliyatida zamonaviy tilshunoslik masalalariga oid muammolar tahlili katta o‘rin tutadi. Uning “Tasdiq gaplarda shakliy-mazmuniy nomuvofiqlik” (1997), “Gapni semantik-sintaktik qoliplashtirish asoslari” (2005), “Tasdiq gaplarda implitsit negativlik” (2015), “Assotsiativ tilshunoslik nazariyasi” (2017), “Lisoniy ziddiyat va neytrallashuv” (2018, hammualliflikda), “Mustaqillik davri rasmiy idoraviy ish uslubi taraqqiyoti” (2020), “O‘zbek tilida nom yaratish texnologiyasi” (2021), “O‘zbek tilida nom yaratishning lingvistik-me’yoriy asoslari” (2021, hammualliflikda), “Antropotsentrik tilshunoslik: tushuncha va terminlar” (2022, hammualliflikda), “Tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishlari” (2024, hammualliflikda), “O‘zbek tilining assotsiativ tadqiqi” (2024, hammualliflikda) monografiyalari o‘zbek tilshunosligida semantik-sintaktik, antropotsentrik ilmiy yo‘nalishlarning rivojiga munosib hissa bo‘lib qo‘shildi. Ayniqsa, uning “Assotsiativ tilshunoslik nazariyasi” (2017) monografiyasi, “Assotsiativ tilshunoslik” (2025) o‘quv qo‘llanmasi o‘zbek tilshunosligiga antropotsentrik tilshunoslikning yangi sohasi assotsiativ lingvistikaning kirib kelishiga turtki berdi.

Olimaning 200 dan ortiq ilmiy maqolalari respublika va xalqaro jurnallarda, ilmiy konferensiya materiallarida (AQSh, Turkiya, Rossiya, Hindiston, Polsha, Makedoniya Ozarbayjon, Tojikiston, Qozog‘iston davlatlarida) e’lon qilingan, xalqaro ilmiy bazalarga kirgan jurnallarda chop etilgan.

D.Lutfullayevaning lug‘atshunoslikda amalga oshirgan ishlari ham diqqatga sazovor. U respublikada yaratilgan qator lug‘atlarning hammualliflaridan biridir. Xususan, 2020-2022- yillarda Respublika Prezidenti farmoni asosida tayyorlangan 6 jildli “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ning o‘zbek-lotin yozuvidagi variantini yaratishda, “O‘zbek tili sinonimlarining katta izohli lug‘ati” (2022), “O‘zbek ismlarining izohli imlo lug‘ati” (2024), “O‘zbek tili sport terminlarining izohli lug‘ati” (2025)ni yaratishda ishtirok etdi.

D.Lutfullayeva uzoq yillik pedagogik faoliyati davomida orttirgan tajribasini bugungi kunda shogirdlariga o‘rgatmoqda, ularning yetuk kadr bo‘lib yetishishiga hissa qoʻshmoqda. Olima bugungi kunga qadar 5 ta fan doktori, 3 ta fan nomzodi, 10 dan ortiq filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktoriga ilmiy rahbarlik qildi. Rahbarligida ko‘plab magistrlar magistrlik dissertatsiyasini yoqlashdi.

Bundan tashqari, u talabalarning ma’naviyatini yuksaltirish, ularda milliy qadriyatlarni shakllantirish maqsadida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, kechalarni tashkil qilib kelmoqda.

D.Lutfullayeva bir necha yillar davomida respublikada dissertatsiyalar himoyasi bo‘yicha tashkil etilgan ilmiy kengashlar (A.Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti, O‘z FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklor instituti, Qo‘qon davlat pedagogika instituti)da faoliyat yuritdi. Hozirgi vaqtda O‘z FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklor instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash va seminar a’zosi. U ushbu ilmiy tadqiqot institutida tadqiqotchilarni tayanch doktoranturaga qabul qilish bo‘yicha imtihon komissiyasi a’zosi hamda institutda nashr etiladigan “O‘zbek tili va adabiyoti” jurnali tahririyati a’zosi.

Olima jamoatchilik ishlarida ham faol ishtirok etib kelmoqda. U 2009-2013 yillarda Oliy attestatsiya komissiyada ekspert sifatida faoliyat yuritib, tadqiqotchilarning ilmiy ishlarini baholashda, ularga ilmiy unvonlar berishda ekspert sifatida faoliyat yuritdi. 2018-2021-yillarda Alisher Navoiy nomli O‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilariga “Antropotsentrik tilshunoslik yo‘nalishlari” kursidan ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarini o‘qidi.

D.Lutfullayevaning koʻp yillik ilmiy va pedagogik faoliyati, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda olib borgan ishlari turli tashkilotlar tomonidan “Faxriy yorliq”lar, tashakkurnomalar bilan taqdirlangan.

Olima hamkasblari orasida samimiy, kamtar, ilmga chanqoq, talabchan ustoz sifatida qadrlanadi. U kasbiga boʻlgan muhabbati, mehnatsevarligi bilan mehnat jamoasida hurmatga sazovor bo‘lgan.

Kontaktlar

Phone +99890 175 92 26 Email 1965ddd@mail.ru Telegram Лутфуллаева Дурдона Кабинет 409 Qabul kunlari Chorshanba

O‘qituvchi ishlari

38 ish
D. Lutfullaeva, Nasirova, Rustamiy Letters And Their Description In Arabic Morphology
D. Lutfullaeva, Nasirova, Rustamiy Letters And Their Description In Arabic Morphology Lutfullayeva Durdona Esonovna
0.00 UZ
D.Lutfullaeva METHODS OF NAMING COMMERCIAL OBJECTS, ENTERPRISES, 12-104-52
D.Lutfullaeva METHODS OF NAMING COMMERCIAL OBJECTS, ENTERPRISES, 12-104-52 Lutfullayeva Durdona Esonovna
0.00 UZ
Lutfullaeva D. Yuldashev A. G. Вестник СПбГУ. Востоковедение и африканистика. 2023. Т. 15. Вып. 3 (485-496)
Lutfullaeva D. Yuldashev A. G. Вестник СПбГУ. Востоковедение и африканистика. 2023. Т. 15. Вып. 3 (485-496) Lutfullayeva Durdona Esonovna
0.00 UZ
Lutfullaeva D. ПРОБЛЕМА АССОЦИАТИВНОГО ПОДХОДА К ЯЗЫКУ Вопросы когнитивной лингвистики 2020 №2
Lutfullaeva D. ПРОБЛЕМА АССОЦИАТИВНОГО ПОДХОДА К ЯЗЫКУ Вопросы когнитивной лингвистики 2020 №2 Lutfullayeva Durdona Esonovna
0.00 UZ
Lutfullayeva D. va b. Low Bandwidth Wireless Mesh Networks for Rural Education With Cognitive Load Reduction and Persistence Gains 2025.I4.018 (1)
Lutfullayeva D. va b. Low Bandwidth Wireless Mesh Networks for Rural Education With Cognitive Load Reduction and Persistence Gains 2025.I4.018 (1) Lutfullayeva Durdona Esonovna
0.00 UZ
Lutfullayeva D. ASSOCIATIVE MEANING AND VERBAL ASSOCIATIONS LANGUAGE ФарДУ. филология-594-2-10-2021. 01. 07
Lutfullayeva D. ASSOCIATIVE MEANING AND VERBAL ASSOCIATIONS LANGUAGE ФарДУ. филология-594-2-10-2021. 01. 07 Lutfullayeva Durdona Esonovna
0.00 UZ
Lutfullayeva D. National-Cultural Features of Verbal Associations 2021 Turkish Journal of Computer and Mathematics Education (TURCOMAT) Scopus
Lutfullayeva D. National-Cultural Features of Verbal Associations 2021 Turkish Journal of Computer and Mathematics Education (TURCOMAT) Scopus Lutfullayeva Durdona Esonovna
0.00 UZ
Lutfullayeva D. Textual, Linguistic, and Historical Examination of Rare Manuscripts
Lutfullayeva D. Textual, Linguistic, and Historical Examination of Rare Manuscripts Lutfullayeva Durdona Esonovna
0.00 UZ
Lutfullayeva D. The Anthropocentric Essence of Color Words 2025 31.12
Lutfullayeva D. The Anthropocentric Essence of Color Words 2025 31.12 Lutfullayeva Durdona Esonovna
0.00 UZ
Lutfullayeva D. O'quv qo'llanma. Hozirgi o'zbek adabiy tili 2 - qism. 2020
Lutfullayeva D. O'quv qo'llanma. Hozirgi o'zbek adabiy tili 2 - qism. 2020 Lutfullayeva Durdona Esonovna
0.00 UZ
Lutfullayeva D. O'quv qo'llanma. Assotsiativ tilshuoslik
Lutfullayeva D. O'quv qo'llanma. Assotsiativ tilshuoslik Lutfullayeva Durdona Esonovna
0.00 UZ
Lutfullayeva D. TURKEY International scientific part-5 2022.05
Lutfullayeva D. TURKEY International scientific part-5 2022.05 Lutfullayeva Durdona Esonovna
0.00 UZ
Lutfullayeva D. The Main Directions of Naming Model 2021
Lutfullayeva D. The Main Directions of Naming Model 2021 Lutfullayeva Durdona Esonovna
0.00 UZ
Lutfullayeva D. va boshq. Monografiya 2021
Lutfullayeva D. va boshq. Monografiya 2021 Lutfullayeva Durdona Esonovna
0.00 UZ
Lutfullayeva D. va boshq. Monografiya 2022
Lutfullayeva D. va boshq. Monografiya 2022 Lutfullayeva Durdona Esonovna
0.00 UZ
Lutfullayeva D. va boshq. Monografiya 2024
Lutfullayeva D. va boshq. Monografiya 2024 Lutfullayeva Durdona Esonovna
0.00 UZ
Lutfullayeva D. va boshq. Monografiya 2025
Lutfullayeva D. va boshq. Monografiya 2025 Lutfullayeva Durdona Esonovna
0.00 UZ
Lutfullayeva D. va boshq. Monografiya 2026
Lutfullayeva D. va boshq. Monografiya 2026 Lutfullayeva Durdona Esonovna
0.00 UZ
Lutfullayeva D. va boshq. O'zbek tili assotsiativ lug'ati
Lutfullayeva D. va boshq. O'zbek tili assotsiativ lug'ati Lutfullayeva Durdona Esonovna