K.Jahongirov
Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi kafedrasi o‘qituvchisi
Biografiya
O‘qituvchi Jahongirov Kamoliddin Asomiddin o‘g‘li umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha 9 yillik ish tajribasiga ega.
Mehnat faoliyatini 2017–2018-yillarda Toshkent islom universiteti fiqh, iqtisod va tabiiy fanlar fakulteti uslubchisi sifatida boshlagan. 2018–2022-yillarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti uslubchisi bo‘lib ishlagan.
2022–2024-yillar davomida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi stajor o‘qituvchisi, 2024-yildan buyon O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi o‘qituvchisi sifatida faoliyat olib bormoqda.
Shu kunga qadar K.Jahongirov 50 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi bo‘lib, ular qatorida 1 ta monografiya, 2 ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta o‘quv uslubiy qo‘llanma, 40 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar mavjud. Uning ilmiy ishlari respublika va xalqaro ilmiy nashrlarda chop etilgan. Ilmiy faoliyati asosan turizm sohasidagi dolzarb muammolarni o‘rganish, turizmni rivojlantirishning zamonaviy yo‘nalishlarini tadqiq etish hamda ilmiy natijalarni amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan.
K.Jahongirov pedagogik faoliyati davomida malakali mutaxassislar tayyorlash, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish hamda talabalarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Uning mashg‘ulotlari zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etilib, talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash va amaliy tajribalarini boyitishga xizmat qiladi.