Kirish
Kasimova Zebo Xamidovna
O‘qituvchilarga qaytish O‘qituvchi profili

Kasimova Zebo Xamidovna

“Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi mudiri
pedagogika fanlari nomzodi, professor

Biografiya

Pedagogika fanlari nomzodi, professor Kasimova Zebo Xamidovna umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha 32 yillik ish tajribasiga ega. Ilmiy pedagogik staji 29 yil.

Mehnat faoliyatini 1994–2008-yillarda Namangan muhandislik iqtisodiyot institutida laborant, assistent, o‘qituvchi, katta o‘qituvchi, stajyor-tadqiqotchi, dotsent, kafedra mudiri lavozimlarida olib borgan.

2008–2012-yillar davomida Toshkent davlat madaniyat instituti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi mudiri, 2012-2018 yillarda esa O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi mudiri, magistratura bo‘limi boshlig‘i, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

2018–2019-yillarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi dotsenti, 2019 yildan 2025 yilga qadar ushbu kafedra mudiri, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi mudiri lavozimlarida faoliyat yuritib kelmoqda.

Shu kunga qadar Z.Kasimova 130 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi bo‘lib, 5 ta monografiya, 5 ta darslik, 8 ta o‘quv qo‘llanma, 10 ta uslubiy qo‘llanma, 100 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar mavjud. Uning ishlari nafaqat O‘zbekiston, balki nufuzli xalqaro ilmiy jurnallar va to‘plamlarda ham chop etilgan. Ilmiy faoliyatida asosiy e’tibor yoshlar tarbiyasi, mafkuraviy kurashlar, islom radikallashuvi, globalizatsiya shroitida mafkuraviy immunitetni shakllantirish kabi dolzarb muammolarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan.

Shuningdek, Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida amalga oshirilgan ilmiy loyihalarda rahbar, ijrochi sifatida ilmiy tadqiqotlar olib borgan. Xususan, ITD-1 dasturi asosida 2012-2014 yillarga mo‘ljallangan A1-FK-1-28866 A1-078-raqamli “Mamlakatimizda ma’naviy targ‘ibot ishlari samaradorligini oshirish imkoniyatlarini ilmiy-amaliy jihatdan tadqiq etish” mavzusidagi ilmiy loyihaning rahbari sifatida, 2015-2017 yillarga mo‘ljallangan A1-006-raqamli “Razrabotka kompleksa psixofizicheskix treningov dlya formirovaniya tvorcheskoy lichnosti v oblasti iskusstva teatra i kino” mavzusidagi ilmiy loyihaning ijrochisi sifatida ishtirok etgan. Hozirgi davrda esa “Islom sivilizatsiyasiga hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimiz madaniy merosini yoshlarga zamonaviy tarzda yetkazish” mavzusidagi ilmiy loyihada ishtirok etgan.

So‘nggi yillarda Z.Kasimova kafedraning ilmiy salohiyatini va ta’lim sifatini oshirishga, jumladan, fanlarning o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanishida, xususan kafedrada uning rahbarligi davridan boshlab hozirgi kunga qadar 35 ta darslik, 50 ta o‘quv qo‘llanma vazirlik ruhsati bilan hamda 42 ta monografiya nashr qilindi. Kafedra professor-o‘qituvchilarining ilmiy salohiyati 41 % dan 100 % ga yetkazildi.

O‘qituvchi ishlari

27 ish
17
17 Kasimova Zebo Xamidovna
0.00 UZ
2023-Ta'l-va-innov.tadq-noyabr compressed
2023-Ta'l-va-innov.tadq-noyabr compressed Kasimova Zebo Xamidovna
0.00 UZ
Kasimova Zebo Xamidovna
Kasimova Zebo Xamidovna Kasimova Zebo Xamidovna
0.00 UZ
Астана журнал статья
Астана журнал статья Kasimova Zebo Xamidovna
0.00 UZ
Бельгия журнал нашр варианти
Бельгия журнал нашр варианти Kasimova Zebo Xamidovna
0.00 UZ
Бола ва замондаги мақолам
Бола ва замондаги мақолам Kasimova Zebo Xamidovna
0.00 UZ
Бухоро ДУ ахборотномаси compressed
Бухоро ДУ ахборотномаси compressed Kasimova Zebo Xamidovna
0.00 UZ
Германия
Германия Kasimova Zebo Xamidovna
0.00 UZ
З.Касимова Америка журнали
З.Касимова Америка журнали Kasimova Zebo Xamidovna
0.00 UZ
Казахстан вестник 1 (222)
Казахстан вестник 1 (222) Kasimova Zebo Xamidovna
0.00 UZ
Казахстан вестник 2 (116)
Казахстан вестник 2 (116) Kasimova Zebo Xamidovna
0.00 UZ
Казахстан вестник 3 (71)
Казахстан вестник 3 (71) Kasimova Zebo Xamidovna
0.00 UZ
ОАК-Таълимда-истиқбол
ОАК-Таълимда-истиқбол Kasimova Zebo Xamidovna
0.00 UZ
Психология журналидаги маколам
Психология журналидаги маколам Kasimova Zebo Xamidovna
0.00 UZ
Тор-500 университет мутахассиси бн ҳаммуаллифликда
Тор-500 университет мутахассиси бн ҳаммуаллифликда Kasimova Zebo Xamidovna
0.00 UZ
статья Гумилев
статья Гумилев Kasimova Zebo Xamidovna
0.00 UZ